AsosiyBU QIZIQ

2,2 million o‘zbekistonlik turizm maqsadida xorijga chiqqan

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 83,7 ming kishiga ko‘p.

'2,2 million o‘zbekistonlik turizm maqsadida xorijga chiqqan'ning rasmi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilning dastlabki 4 oyida 2 200 530 nafar O‘zbekiston fuqarosi sayyohlik maqsadida xorijga chiqqan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 83,7 ming kishiga ko‘p.

Eng ko‘p safarlar Qirg‘izistonga to‘g‘ri kelgan — bu davlatga qariyb 900 ming nafar o‘zbekistonlik sayyoh sifatida borgan.

To‘rt oylik davrda o‘zbekistonliklar eng ko‘p quyidagi davlatlarga safar qilgan:

  • Qirg‘iziston — 899 004 kishi
  •  Tojikiston — 388 452 kishi
  •  Qozog‘iston — 354 859 kishi
  •  Saudiya Arabistoni — 138 113 kishi
  • Rossiya — 115 094 kishi
  • Turkiya — 70 340 kishi
  • BAA — 31 073 kishi
  •  Xitoy — 23 557 kishi
  •  Tailand — 16 291 kishi
  • Misr — 15 823 kishi.     

    Boshqa yangiliklar