1

​13 MILLION SO`M ALIMENTNI TO`LAShDAN BOSh TORTGAN ShAXS OZODLIKDAN MAHRUM ETILDI

Jinoyat 14.09.2017, 15:26
​13 MILLION SO`M ALIMENTNI TO`LAShDAN BOSh TORTGAN ShAXS OZODLIKDAN MAHRUM ETILDI

Mirzo Ulug`bek tumanidagi Toshkent shifokorlar malakasini oshirish instituti binosida sayyor sud majlisi bo`lib o`tdi. Unda Mirzo Ulug`bek tumanida istiqomat qiluvchi Ilhom Haitovning jinoiy ishi ko`rib chiqildi, deb yozadi O`zA.

I.Haitov turmush o`rtog`i bilan ajrashgan paytda, ya`ni 2006 yil oktyabr oyida fuqarolik ishlari bo`yicha Toshkent shahar Mirzo Ulug`bek tumanlararo sudining buyrug`iga asosan Rushana (Haitova) Kamolovaga ikki nafar farzandining voyaga etguniga qadar ish haqi va boshqa daromadlaridan uchdan bir qismi miqdorida aliment to`lashi belgilangan edi. Ammo u qonuniy burchini bajarishdan ochiqchasiga bosh tortib, qo`shni Qozog`iston davlatiga ketib qoldi va oradan sakkiz yil o`tib qaytib keldi.

R.Kamolova farzandlarining otasi qaytib kelganini bilgach, o`tgan yillardagi aliment to`lovidan voz kechdi va bundan buyog`iga to`lashini so`rab sudga yana ariza berdi. Mazkur arizaga asosan 2014 yil fevral oyida I.Haitovga nisbatan aliment to`lash bo`yicha sudning yangi buyrug`i chiqdi. Biroq doimiy ogohlantirish berib turilganiga qaramay I.Haitov bu safar ham aliment to`lamadi. Buning oqibatida uning aliment qarzi joriy yilning 15 avgustiga qadar 13 million 783 mingni tashkil etdi.

Sayyor sud zalida I.Haitovga aliment qarzini to`lash taklifi bildirildi. Lekin u pulni to`lashni istamadi. Voyaga etmagan farzandlarini moddiy ta`minlashdan bosh tortganligi uchun I.Haitov O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 122-moddasiga muvofiq bir yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Sudlanuvchidan jabrlanuvchi R.Kamolova foydasiga to`plangan qarz undirilishi belgilandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1