AsosiyJamiyat

DIREKTORLARNI KALTAKLAGAN SIRDARYoLIK HOKIM UZR SO`RADI

'DIREKTORLARNI KALTAKLAGAN SIRDARYoLIK HOKIM UZR SO`RADI'ning rasmi

Kuni kecha Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani hokimi Nosirjon Egamberdiev mahalliy maktablar direktorlarini kaltaklagani tasvirlangan video tarqalib ketdi.

Kun.uz nashrining yozishicha, 12 sentyabr oqshomida viloyat hokimi G`ofurjon G`anievich Mirzaev Sayxunobod tumaniga kelib, yig`ilish o`tkazgan. Unda tuman hokimi hamda maktablarning direktorlari ham ishtirok etgan, yig`ilishda Nosirjon Egamberdiev o`qituvchilardan uzr so`ragan.

Yig`ilishda ushbu vaziyat yuzasidan hali tegishli chora ko`rilishi, u uzr so`rash bilan qutula olmasligi qayd etib o`tilgan.

«Hokimning ishi paxta terimi mavsumidan keyin ko`rib chiqiladi. Uning ishda qolishi masalasi taqdiri yuqoridan keladigan ko`rsatmaga bog`liq», deya xabar berdi Kun.uz nashrining manbasi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar