2017/2018 o`quv yili uchun O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 1-sonli Toshkent akademik liseyiga qabul o`tkaziladi.
Kelajakda O`zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasida yoki Yong`in xavfsizligi institutida o`qib, ichki ishlar organlarida xizmat qilish istagida bo`lgan yoshlar 2017/2018-o`quv yilida O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 1-sonli Toshkent akademik liseyida o`qishlarini davom ettirishlari uchun taklif qilinadi.
Ayni vaqtda Toshkent shahridagi barcha akademik lisey va kollejlarning 1-bosqichida hamda umumta`lim maktablarning 10-sinfida ta`lim olayotgan o`quvchilar joriy yilning 17 sentyabr kuni soat 18.00ga qadar Toshkent shahar, Uchtepa tumani 11-mavze M.Shayxzoda kuchasi 64-uyda joylashgan O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 1-sonli Toshkent akademik liseyi (sobiq Jaxon tillari universiteti qoshidagi Uchtepa akademik liseyi)ga murojaat qilishlari mumkin.
Tanlov suxbat asosida amalga oshiriladi. Nomzodlar o`zlari bilan quyidagi hujjatlarni olib kelishlari lozim:
- Tug`ilganlik to`g`risidagi guvoxnoma (metrika);
- Shaxodatnomaning ksero nusxasi;
- Maktabdan tavsifnoma;
- Mahalladan tavsifnoma;
- Tarjimaiy xol;
- Rasm 2 ta (3/4 sm).
Izoh: O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 avgustdagi “Ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Qaroriga asosan, 2020 yildan boshlab O`zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi yoki Yong`in xavfsizligi institutiga kunduzgi ta`lim shakliga o`qishga qabul qilish faqat IIV akademik liseylari bitiruvchilari tarkibidan amalga oshiriladi.
Batafsil ma`lumotnini Toshkent shahar IIBB rasmiy saytidan olish mumkin.






