AsosiyJamiyat

LARISA MOSKALYoVA “IRMA” DOVULIDA QOLGAN ChOG`DA ONASIDAN AYRILDI

'LARISA MOSKALYoVA “IRMA” DOVULIDA QOLGAN ChOG`DA ONASIDAN AYRILDI'ning rasmi

O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Larisa Moskalyovaning oilasida og`ir judolik yuz berdi.

Mashhur xonanda o`zining Facebook sahifasida yozishicha, u onasidan ayrilgan. Shu kunlarda u AQShda bo`lib, Irma dovulidan oilasi bilan himoyalanishiga to`g`ri kelgan.

“Majburiy tarzda evakuasiya qilinishimizga to`g`ri keldi. Ammo shu vaqtda mendan juda uzoqda, Toshkentda onam vafot etdi... Men etib borolmadim... Onamni 10 sentyabr kuni dafn etishdi... Onam juda ajoyib inson edi, uning yuragi 77 yoshida, 1 sentyabr kuni urishdan to`xtadi...Onam Toshkentni juda yaxshi ko`rardi, uni 1966 yildan keyingi zilziladan so`ng tiklashga katta hissasini qo`shgan...Ohiratingiz obod bo`lsin, onajon...",

- deb yozadi Larisa.

Tahririyatimiz nomdan Larisa Moskalyova va uning oilasiga hamdardlik izhor etamiz.

    Boshqa yangiliklar