London metrosining Parsons-grin bekatida portlash yuz berdi, jabrlanganlar bor, deya xabar beradi The Sun nashri.
Bir necha kishi kuyish jarohatini oldi. Polisiya hodisani terakt deb baholadi.
Xabarlarga ko`ra, bomba plastik chelakni ichiga o`rnatilgan bo`lib, britaniya polisiyasi yana bir portlash uskunasini zararsizlantirishga muvaffaq bo`lgan.
Guvohlarning so`zlariga ko`ra, vagonda konteyner portlagan.
Hodisa joyida tibbiyot xodimlari, qurolli kuchlar va o`t o`chiruvchilar ishlamoqda.
Ayni damda London metrosining bir qismida harakat to`xtatilgan.
Parsons-grin — juda ko`p xorijliklar yashaydigan unchalik boy bo`lmagan tuman bo`lib, u erda talabalar va boy bo`lmagan britaniyaliklar yashaydi. Parsons-grin eng boy shahar Chelsiga juda yaqin joylashgan.