AsosiyJamiyat

​PREZIDENT ShAVKAT MIRZIYoEV AMERIKA QO`ShMA ShTATLARIGA JO`NAB KETADI

'​PREZIDENT ShAVKAT MIRZIYoEV AMERIKA QO`ShMA ShTATLARIGA JO`NAB KETADI'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2017 yil 18-20 sentyabr kunlari Amerika Qo`shma Shtatlariga tashrif buyuradi va BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasi umumiy muzokaralarida nutq so`zlaydi.

O`zbekiston Prezidenti Nyu-York shahriga tashrifi doirasida BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Xalqaro valyuta fondi taqsimlovchi direktori Kristin Lagard, Jahon banki guruhi prezidenti Jim Yon Kim hamda BMT Bosh Assambleyasiga tashrif buyurgan boshqa davlat rahbarlari bilan uchrashib, muzokaralar o`tkazadi, deb yozadi O`zA.

Davlatimiz rahbari, shuningdek, keng doiradagi O`zbekiston –Amerika biznes-forumida ishtirok etadi. Biznes-forum yakunlari bo`yicha ikki davlat etakchi firma va kompaniyalari rahbarlari o`rtasida savdo-iqtisodiy, moliyaviy-sarmoyaviy sohalarda ko`plab ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

Boshqa yangiliklar