AsosiyJamiyat

​MILLIY BOG` YoPILDI, O`RNIGA DELFINARIY VA SYoRFING UChUN SUV INShOOTI QURILADI

'​MILLIY BOG` YoPILDI, O`RNIGA DELFINARIY VA SYoRFING UChUN SUV INShOOTI QURILADI'ning rasmi

Vazirlar Mahkamasining Toshkent shahrida zamonaviy va yuqori texnologiyali madaniyat va istiroxat bog`ini barpo etish to`g`risidagi qaroriga Unga ko`ra, Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy bog`i o`rnida yangi dam olish maskani quriladi.

Maydoni ko`l bilan birga 20,79 gektarni tashkil qiluvchi bog`da amfiteatr, rangli favvora, attraksionlar va hordiq chiqarish uchun boshqa ko`ngilochar ob`ektlar quriladi.

Shuningdek, ikkita “Amerika tepaliklari” attraksioni, ikkita bolalar avtodromi, interaktiv poezd, labirint, syorfing bilan shug`ullanish uchun sun`iy to`lqinli suv inshooti, to`rtta qo`lga o`rgatilgan delfin ishtirokidagi shou-dastur uchun delfinariy ochilishi kutilmoqda. Qarorga ko`ra, dastlab 4 ta delfin harid qilinadi.

Xorijdan olib kiriluvchi qurilish materiallari, uskunalar, texnika, attraksionlar, audio va videoqurilmalar, delfinlar, qushlar, baliqlar va o`simliklar bojxona to`lovlaridan ozod etilgan.
Loyiha konsepsiyasiga ko`ra, rekonstruksiya qilingan va zamonaviylashtirilgan yangi bog` har kuni 10 ming nafar tashrif buyuruvchiga xizmat ko`rsata oladi.

18 sentyabrdan Milliy bog` yopildi. 1 oktyarbga qadar bog` hududidagi binolar buziladi, attraksionlar olib tashlanadi. 1 noyabrda esa bog`ning shu hududi uzoq muddatli ijara uchun investorga beriladi. Ijara muddati loyiha yakunlangandan keyin 49 yilga teng bo`ladi. Yangi bog` 2021 yilning 1 yanvar kunigacha foydalanishga topshirilishi kerak

Ushbu loyiha qiymati 60 mln. dollar bo`lib, unga Stargate Systems MChJ tnvestorlik qiladi.

    Boshqa yangiliklar