AsosiyJamiyat

​QOZOG`ISTONDA BINO QULAShI OQIBATIDA 2 NAFAR O`ZBEKISTONLIK HALOK BO`LDI

'​QOZOG`ISTONDA BINO QULAShI OQIBATIDA 2 NAFAR O`ZBEKISTONLIK HALOK BO`LDI'ning rasmi

Qozog`iston OAV bergan ma`lumotga ko`ra 2017 yilning 17 sentyabr kuni oqshomda Ostona shahrida qurilayotgan ob`ekt hududida tom va devorlar qulab tushishi oqibatda, dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, 3 ta O`zbekiston fuqarosi jabrlangan bo`lib, ulardan 2 kishi halok bo`lgan va 1 kishi kasalxonaga yotqizilgan.

Qozog`istonning tegishli organlari tomonidan tezkor tergov guruhi tuzildi va tergov harakatlari olib borilmoqda.

Elchixonaning konsullik bo`limi tomonidan favqulodda holat haqida batafsil ma`lumot olish uchun qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, deya xabar beradi TIV matbuot xizmati.

    Boshqa yangiliklar