1

​ANTONIU GUTERRISh O`ZBEKISTON PREZIDENTINING BOSh ASSAMBLEYaDAGI NUTQI NIHOYaTDA MAZMUNDOR BO`LGANINI TA`KIDLADI

Jamiyat 20.09.2017, 12:01
Teglar: BMT, Shavkat Mirziyoev
​ANTONIU GUTERRISh O`ZBEKISTON PREZIDENTINING BOSh ASSAMBLEYaDAGI NUTQI NIHOYaTDA MAZMUNDOR BO`LGANINI TA`KIDLADI

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 19 sentyabr kuni BMTning Nyu-York shahridagi bosh qarorgohida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdi.

Davlatimiz rahbari joriy yil iyun oyida Samarqand shahrida BMT Bosh kotibi bilan bo`lib o`tgan uchrashuvni katta mamnuniyat bilan esga oldi hamda xalqaro taraqqiyotga doir va mintaqaviy dolzarb masalalarning aksariyati bo`yicha tomonlarning fikr va qarashlari o`xshash ekanini qayd etdi.

Shavkat Mirziyoev Antoniu Guterrishga BMT Barqaror taraqqiyot maqsadlariga erishishning "yo`l xaritasi" bo`lgan 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini qo`llab-quvvatlayotgani uchun minnatdorlik bildirdi, deb yozadi O`zA.

Prezidentimiz Strategiya doirasida davom ettirilayotgan keng miqyosli yangilanishlar to`g`risida so`zlab berdi. Jumladan, bosh maqsadi "Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak", degan g`oyani hayotga tatbiq etishdan iborat Ma`muriy islohotlar konsepsiyasi tasdiqlandi. Valyuta siyosatining liberallashtirilishi amalda ta`minlanmoqda.

Shavkat Mirziyoev Antoniu Guterrish bilan mamlakatimiz va BMT o`rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari, mintaqaviiy masalalar bo`yicha fikr almashdi. «Markaziy Osiyo mintaqasi – tashqi siyosatimizning bosh ustuvor yo`nalishi», deb alohida ta`kidladi davlatimiz rahbari.

O`zbekiston Prezidenti BMT Bosh kotibini 2017 yil 10-11 noyabr kunlari Samarqand shahrida o`tkazish rejalashtirilgan Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqaror taraqqiyotning dolzarb masalalari bo`yicha xalqaro anjumanda shaxsan ishtirok etishga taklif qildi.

Antoniu Guterrish O`zbekistonga tashrifi chog`ida ko`rsatilgan mehmondo`stlik va samimiy qabul uchun Shavkat Mirziyoevga minnatdorlik bildirdi. Samarqandda bo`lib o`tgan muzokaralar yakunlarini yuksak baholadi. 2017-2020 yillarda BMT, jumladan, Inson huquqlari bo`yicha Oliy komissar boshqarmasi bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish bo`yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi qabul qilinganiga alohida e`tibor qaratildi.

BMT Bosh kotibi O`zbekiston Prezidentining Bosh Assambleyaning 72-sessiyasidagi nutqi nihoyatda mazmundor bo`lganini ta`kidladi. Antoniu Guterrishning fikricha, davlatimiz rahbari BMTning yuksak minbaridan turib bildirgan tashabbuslar muhim ahamiyatga ega va o`z vaqtida ilgari surildi. Bosh kotib ushbu tashabbuslarni xalqaro maydonda ilgari surishga ko`maklashishga tayyorligini qayd etdi.

Bosh kotib O`zbekistonda Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini oshirishda alohida ahamiyatga ega o`zgarishlarni qo`llab-quvvatlashini yana bir bor tasdiqladi.

BMT rahbari mamlakatimiz tomonidan mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash, shuningdek, Afg`onistonni qayta tiklashga ko`maklashish bo`yicha ko`rilayotgan aniq chora-tadbirlarni yuqori baholadi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Amudaryo va Sirdaryo suv resurslaridani foydalanish to`g`risidagi konvensiyani ilgari surish, Orol dengizi bilan bog`liq ekologik falokat oqibatlarini yumshatishga xalqaro hamjamiyat diqqat-e`tiborini qaratish uchun barcha imkoniyatlarini ishga solishini bildirdi.

Uchrashuvda o`zaro hamkorlikning istiqbolli yo`nalishlari bo`yicha atroflicha fikr almashildi.

Sharhlar

BMTning Inson huquqlari bo`yicha Oliy komissari bilan uchrashuv bo`ldi

15.03.2023, 10:55

2023 yil 13 mart kuni Inson huquqlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Milliy markazida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlaribo`yicha Oliy komissari Folker Tyurk bilan uchrashuv bo`ldi. Uchrashuvda O`zbekistonda inson...
Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoevga turkman xalqi alohida qadrlaydigan alabay zotli kuchuk sovg`a qildi

21.10.2022, 13:45

Turkmanistonga rasmiy tashrif doirasida O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev ushbu mamlakat Parlamentining yuqori palatasi raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi, deya xabar bermoqda Prexident matbuot xizmati. Davlatimiz rahbari...
BMT Bosh Assambleyasida Ukrainaning hududiy yaxlitligi uchun ovoz berildi

13.10.2022, 12:43

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi Moskvadan Ukrainaning Donesk, Zaporoje, Lugansk va Xerson viloyatlarining ayrim viloyatlarining maqomi haqidagi qarorlarni bekor qilishni talab qildi. Bu haqda BMTning...
"Afg`onistondagi vaziyatni hal etish va u erda tinch hayotni tiklash muhim". Shavkat Mirziyoev Ostonadagi sammitda nutq so`zladi

13.10.2022, 11:20

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Ostona shahrida bo`lib o`tayotgan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo`yicha kengash VI sammitida nutq so`zladi. O`zbekiston rahbari Afg`onistondagi vaziyatni hal etish va...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1