​ShAVKAT MIRZIYoEV JAHON BANKI PREZIDENTI JIM YoNG KIMNI QABUL QILDI

Jamiyat 21.09.2017, 09:48
Teglar: Prezident
​ShAVKAT MIRZIYoEV JAHON BANKI PREZIDENTI JIM YoNG KIMNI QABUL QILDI

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 20 sentyabr kuni Nyu-York shahrida Jahon banki prezidenti Jim Yong Kim bilan uchrashdi.

Davlatimiz rahbari Jahon banki O`zbekistonning ishonchli va strategik sherigi ekanini alohida ta`kidladi, deya xabar qiladi O`zA muxbiri.

Mazkur bank va mamlakatimiz moliya muassasalari o`rtasida amaliy muloqotlar yo`lga qo`yilgan. Bugungi kunda o`zaro hamkorlik energetika, irrigasiya va kommunal tarmoqlarni modernizasiya qilish, transport va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, qishloq xo`jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohalarini qamrab olgan.

O`tgan yili qabul qilingan 2020 yilgacha hamkorlik qo`shma dasturiga 27 ta muhim loyiha kiritilgan. Ularning umumiy qiymati 4 milliard dollardan iborat, shundan 3 milliard dollari Jahon banki kreditlaridir.

Uchrashuvda mamlakatimizda Ma`muriy islohotlar konsepsiyasi qabul qilingani, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish va korrupsiyaga qarshi kurashish bo`yicha tizimli ishlar amalga oshirilayotgani qayd etildi.

Xalqaro valyuta jamg`armasi tavsiyalari asosida valyuta sohasida bozor mexanizmlari joriy etilgani, savdodagi turli to`siqlar olib tashlangani, ishbilarmonlik va investisiya muhiti yanada yaxshilanayotgani alohida ta`kidlandi.

Prezidentimiz ushbu islohotlarni amalga oshirishda Jahon bankining ulkan tajribasi qo`l kelishi, O`zbekiston bank bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish tarafdori ekanini ta`kidladi.

Mamlakatimizda samarali mikromoliyalash tizimini joriy etish, irrigasiya-drenaj va yo`l-transport infratuzilmalarini modernizasiya qilish, agrosanoat kompleksini rivojlantirish va boshqa sohalardagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Jahon banki prezidenti O`zbekistonda bank-moliya tizimini takomillashtirish, qulay ishbilarmonlik va investisiya muhitini yanada yaxshilash bo`yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar biznes rivojiga xizmat qilishini ta`kidladi.

Muloqotda o`zaro hamkorlikni yanada kengaytirish bo`yicha aniq takliflar, istiqbolli loyihalar muhokama etildi.

Sharhlar

O`zbekiston Qurolli kuchlarini qurollantirish bo`yicha davlat komissiyasi tashkil etildi

03.02.2023, 11:00

O`zbekiston Prezidenti “O`zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarini qurollantirish va mudofaa sanoati sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish bo`yicha chora-tadbirlar to`g`risida”gi farmonni imzoladi.Hujjat bilan O`zbekiston Qurolli kuchlarini qurollantirish bo`yicha...
⚡️Shavkat Mirziyoev Andijonga jo`nab ketdi

01.02.2023, 09:59

Prezident Shavkat Mirziyoev hududlar iqtisodiyoti, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida Andijon viloyatiga jo`nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.Ma`lum qilinishicha, tashrif davomida...
Prezident Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan loyihalar taqdimoti bilan tanishadi

08.08.2022, 11:02

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ishtirokida bo`lib o`tgan brifingda Shavkat Mirziyoevning joriy haftadagi ish jadvali haqida ma`lumot berildi. Ma`lum qilishicha, davlat rahbarining joriy haftadagi ish jadvalida O`zbekistonning iqtisodiy-ijtimoiy...
O`zbekiston Prezidenti Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda keng ko`lamli xalqaro hamkorlikka chaqirdi

24.06.2022, 22:11

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan 24 iyun kuni “BRIKS plyus” formatidagi Global taraqqiyot masalalari bo`yicha yuqori darajadagi muloqotda...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1