20 sentyabr kuni Nyu-Yorkda o`tkazilgan O`zbekiston – AQSh biznes forumi doirasida Toshkent shahrida Vebster universiteti filialini ochish to`g`risida kelishuv imzolandi.
Bu Amerika oliy o`quv yurtining MDH mamlakatlaridagi birinchi to`laqonli filiali bo`ladi.
Vebster universiteti — 1915 yilda AQShning Missuri shtati, Sent-Luis shahrida ochilgan xususiy universitet sanaladi. Universitetning xalqaro kampuslari Evropada (London, Leyden, Vena, Jeneva) va Osiyoda (Tailand va Shanxay) mavjud. Webster universiteti biznes, menedjment, siyosat, OAV va psixologiya bo`yicha bakalavriat va magistratura yo`nalishida ta`lim beradi.