1

​714,2 MILLION SO`M BOJXONA TO`LOVIDAN QOChMOQChI BO`LGANLARNING FIRIBI OChILDI

Jinoyat 21.09.2017, 13:28
​714,2 MILLION SO`M  BOJXONA TO`LOVIDAN QOChMOQChI BO`LGANLARNING FIRIBI OChILDI

Qozog`iston Respublikasi fuqarosi R.Niyazbakiev boshqaruvidagi “Iveco Magirus” rusumli avtoulovda hujjatlar bo`yicha Xitoy davlatidan “Dorul Birr-Ltd” MChJ nomiga yuborilgan, 1466 o`riniga, og`irligi 26 148 kg, qiymati 99 900 AQSh dollariga teng bo`lgan xalq ehtiyoji mollari (poyafzal va kiyim-kechaklar) “Samarqand” TIF bojxona postiga keltirilgan, deya xabar beradi O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo`mitasi rasmiy sayti.

Biroq, “Dorul Birr-Ltd” MChJning vakili bojxona organiga murojaat qilib, mazkur avtotransport vositasiga yuklangan tovar “poyafzal va kiyim-kechaklar” emas, balki jut (jutdan tayyorlangan kalava ip) ekanligi, guyoki ushbu tovarni Xitoy davlatida yuklash vaqtida xatolikka yo`l qo`yilganini ta`kidlagan va jut uchun hujjatlarni taqdim etib, bojxona xodimlarini chalg`itmoqchi bo`lgan.

Shundan so`ng, tashkilot ishonchli vakili, avtotransport vositasi haydovchisi va xolislar ishtirokida avtotransport vositasi bojxona ko`rigidan o`tkazilganda unda haqiqatdan ham poyafzal va kiyim-kechaklar emas, balki 26 203 kg jut borligi aniqlandi.

Ushbu holat bojxona xodimlarida shubha uyg`otgani bois taqdim etilgan hujjatlar o`rganilganida, ularda chalkashliklar mavjudligi, ya`ni, avtotransport vositasi boshqa davlatlar bojxona chegaralaridan o`tganda yuk “Poyafzal va kiyim-kechaklar” sifatida ro`yxatga olinganligi ma`lum bo`ldi.

Shundan so`ng mazkur avtotransport vositasi Xadicha Sulaymonova nomidagi sud ekspertiza markazining Samarqand viloyati bo`limi ekspertlari tomonidan ekspertizadan o`tkazildi. Ekspertiza xulosasiga ko`ra avtotransport yukxonasining trosslari shikastlanganligi, buning oqibatida bojxona plombasini buzmagan holda yukxonani to`liq ochish va yuklarni tushirish imkoni bo`lgani ma`lum qilingan.

Bundan ko`rinib turibdiki, yuk egalari tomonidan avtotransport vositasining yukxonasi uddaburonlik bilan ochilib, unga haqiqatda yuklangan “poyafzal va kiyim-kechaklar” tushirib olingan va uning o`rniga bojxona to`lovlari kam bo`lgan jut yuklab qo`yilgan.

Olib borilgan hisob-kitoblardan ma`lum bo`ldiki, avtotransport yukxonasida mavjud bo`lgan jut uchun bojxona to`lovlari 34,2 million so`mni tashkil etdi. Agar, shuncha miqdordagi poyafzal va kiyim-kechak uchun bojxona to`lovlari hisoblanganida bu 748,4 million so`mni tashkil etar edi. O`rtadagi farq – 714,2 million so`m. Ya`ni, tovarlarni almashtirish va hujjatlarni soxtalashtirish yo`li bilan katta miqdordagi bojxona to`lovlaridan qochishga harakat qilingani ko`rinib turibdi.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 182-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1