AsosiyJamiyat

​ShAVKAT MIRZIYoEVNING FACEBOOK'DAGI SAHIFASIGA RASMIY MAQOM BERILADI

'​ShAVKAT MIRZIYoEVNING FACEBOOK'DAGI SAHIFASIGA RASMIY MAQOM BERILADI'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning AQShga tashrifi doirasida Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi delegasiyasi hukumat topshirig`i asosida Kaliforniya shtatidagi "Kremniy vodiysi"da bo`lib, bu erda faoliyat ko`rsatuvchi jahonning nufuzli IT-kompaniyalari bilan hamkorlik yuzasidan muzokaralar olib bordi, deya xabar beriladi vazirlikning rasmiy saytida .

"Kremniy vodiysi"dagi yana bir muvaffaqiyatli uchrashuvlardan biri Facebook kompaniyasining bosh qarorgohida bo`lib o`tdi. Kompaniyani iqtisodiy rivojlantirish bo`yicha rahbari Kleyr Devi ishtirokidagi muhokamalarda Facebook vakillarining O`zbekistondagi IT-tadbirlarida ishtirok etishi, shu bilan birga, turli yo`nalishlarda, jumladan tadbirkor ayollarni qo`llab-quvvatlash, kichik va o`rta biznesni rivojlantirish, startaplarni amalga oshirish kabi ijtimoiy loyihalarda hamkorlik qilish rejalari muhokama qilindi.Mazkur uchrashuvda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Facebook tarmog`idagi sahifasiga rasmiy maqom berish bo`yicha ham kelishib olindi. Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqdagi davlat xizmatchilarining sahifalarini qo`llab-quvvatlash va ommalashtirish choralarini ko`rish yuzasidan hamkorlik o`rnatilishi belgilab olindi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar