1

TOShKENTDA UY TOZALOVChI XONADONDAN KATTA MIQDORDA PUL O`G`IRLAB KETDI

Jinoyat 22.09.2017, 12:07
TOShKENTDA UY TOZALOVChI XONADONDAN KATTA MIQDORDA PUL O`G`IRLAB KETDI

Toshkentda uy tozalovchi xonadondan 12.600.000 so`m va 100 aqsh dollar bo`lgan mol-mulkni o`g`irladi.

2017 yiln 16 sentyabr kuni soat taxminan 12:00larda, “Barno” ismli ayol, Yunusobod tumani hududida, fuqaro Xalbekov Otabek Xikmatovichning xonadonida uy tozalovchi sifatida bo`la turib, uy egasining chalg`iganligidan foydalanib, yotoqxonadan unga tegishli jami bahosi 12.600.000 so`m va 100 AQSh dollar bo`lgan mol-mulkini o`g`irlagan. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 1-qismi (o`g`irlik, ya`ni o`zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ish qo`zg`atilgan edi.

Ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan o`tkazilgan tergov-tezkor tadbirlar natijasida, mazkur jinoyatni Qarshieva Barno Sattarovna sodir etganligi aniqlandi.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorliklari tekshirilmoqda.

Jabrlanuvchining anketa ma`lumotlari o`zgartirilgan bo`lib, familiyasi va ismining har qanday o`xshashligi tasodifiy harakterga ega.


Diqqat !!! Yuqoridagi shaxsning xatti-harakatidan jabr ko`rganlar bo`lsa, «102» telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi ichki ishlar organlariga murojaat etishi mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1