O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Meksika Qo`shma Shtatlari Prezidenti Enrike Penya Netoga hamdardlik maktubini yo`lladi.
“Meksikadagi talofatli zilzila oqibatida ko`plab insonlarning halok bo`lganligi haqidagi xabar bizni chuqur qayg`uga soldi” – deyiladi Prezident maktubida.
Davlatimiz rahbari butun Meksika xalqiga, shuningdek, nobud bo`lganlarning oila a`zolari va yaqinlariga va jarohatlanganlarga samimiy hamdardlik va dalda so`zlarini etkazishni so`radi.