Shavkat Mirziyoevning Amerika Qo`shma Shtatlariga tashrifi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so`zlagan nutqi yurtdoshlarimizga cheksiz g`urur-iftixor bag`ishladi. Bu mazkur tashrif anchadan buyon kutilgani, Prezidentimizning nutqi odamlarning qalbidan, tafakkuridan chuqur joy olganidan dalolat, deb yozadi O`zA.
Prezidentimizning nutqi mazmundorligi va ahamiyati bilan alohida ajralib turdi. Qisqa bo`lishiga qaramay, nutq zamonamizning eng dolzarb mavzularini qamrab oldi: O`zbekistondagi islohotlar, demokratiya, inson huquqlari, yoshlar masalasi, diniy bag`rikenglik, xalqaro xavfsizlik, mintaqaviy hamkorlik, ekologiya va hokazo.
Shuningdek, ushbu safari doirasida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev rafiqasi bilan Amerika Qo`shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp tomonidan uyushtirilgan rasmiy qabul marosimida ishtirok etdi.