1

​YaKKASAROY TUMANIDA 177 000 AQSh DOLLAR O`MARGAN TALONChILAR QO`LGA OLINDI

Jinoyat 23.09.2017, 11:05
​YaKKASAROY TUMANIDA 177 000 AQSh DOLLAR O`MARGAN TALONChILAR QO`LGA OLINDI

2017 yilning 21 sentyabr kuni taxminan soat 21:30 dan 22:00 gacha bo`lgan vaqt oralig`ida, noma`lum shaxslar, o`zganing mulkini ochiqdan-ochiq ravishda talon-toroj qilish maqsadida oldindan jinoiy til biriktirib, Yakkasaroy tumani hududida joylashgan mas`uliyati cheklangan jamiyat binosi ichkarisiga g`ayriqonuniy ravishda kirib, shu erdagi seyf ichidan fuqaro Turdiev Umirbek Zaxidovichga tegishli bo`lgan 177.000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni egallab olishgan. Shundan so`ng, mazkur jamiyat ishchisining hayoti va sog`ligi uchun xavfli bo`lmagan zo`rlik ishlatib, jinoyat sodir etilgan joydan yashiringanlar.

Mazkur holat yuzasidan, Yakkasaroy tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 166-moddasi 4-qismi “a” bandi (talonchilik, ya`ni bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, juda ko`p miqdorda, o`zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan o`tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Saydullaev Xayrulla Sayfullaevich, Saidov Mo`minjon Turadjanovich i Nasriddinov Nodirbek Muzaffar o`g`li sodir etganliklari aniqlangan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, ularning boshqa jinoyatlarga aloqadorliklari tekshirilmoqda.

Jabrlanuvchining anketa ma`lumotlari o`zgartirilgan bo`lib, familiyasi va ismining har qanday o`xshashligi tasodifiy harakterga ega.


Diqqat !!!

Yuqoridagi shaxslarning xatti-harakatlaridan jabr ko`rganlar bo`lsa, «102» telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi ichki ishlar organlariga murojaat etishi mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1