AsosiyJamiyat

AQSh ELChISI QAShQADARYoDAGI SIL KASALLIKLARI ShIFOXONASIGA BORDI

'AQSh ELChISI QAShQADARYoDAGI SIL KASALLIKLARI ShIFOXONASIGA BORDI'ning rasmi

AQShning O`zbekistondagi elchisi Pamela Spratlen Kitob shahridagi Qashqadaryo viloyat sil kasalligi shifoxonasi shifokor va hamshiralari bilan uchrashdi.

Elchi Spratlen xonim ushbu viloyatda joylashgan silga qarshi kurash muassalariga olti oy ichida ikkinchi marta tashrif buyurmoqda. U joriy yilning 24 mart kuni Butunjahon Silga qarshi kurash kunida Qarshidagi Mintaqaviy sil dispanseriga tashrif buyurgan edi.

2015 yildan buyon USAID O`zbekiston Respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi va Ftiziatriya va pulmonologiya bo`yicha ixtisoslashgan respublika ilmiy-amaliy tibbiyot markazining sil tarqalishining oldini olishda olib borayotgan sa`y-harakatlarini qo`llab-quvvatlab kelmoqda. O`zbekistonning to`rt viloyatida ish olib borayotgan USAID sil tarqalishining oldini olish, davolashga qaratilgan xizmatlardan keng foydalanish hamda ularning sifatini oshirish borasida yordam berib kelmoqda.

USAID O`zbekistonda Milliy silga qarshi kurash dasturi doirasida, xususan, kam ta`minlangan aholiga kasallikning oldini olish, tashxis qo`yish va davolashda ko`maklashadi. Ushbu dastur besh yilga mo`ljallangan bo`lib, uning umumiy byudjeti 7,6 million AQSh dollari miqdoridadir. Dasturning asosiy maqsadi mamlakatda sil kasalligi oqibatlarini kamaytirish va silning ko`plab dorilarga turg`un shakllari rivojlanishining oldini olishdan iborat. Dastur keng ko`lamli tibbiy masalalarni, jumladan sog`liqni saqlash sohasining insoniy va institusional potensialini rivojlantirish, tashkilotlararo hamkorlik va koordinasiyani mustahkamlash hamda keng ommaga silga tashxis qo`yish va davolanish imkoniyatlaridan foydalanishni yanada osonlashtirish kabi masalalarni o`z ichiga oladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar