AsosiyJamiyat

​ShAVKAT MIRZIYoEV TATARISTON PREZIDENTI RUSTAM MINNIXONOVNI QABUL QILDI

'​ShAVKAT MIRZIYoEV TATARISTON PREZIDENTI RUSTAM MINNIXONOVNI QABUL QILDI'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 25 sentyabr kuni mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Rossiya Federasiyasining Tatariston Respublikasi Prezidenti Rustam Minnixonovni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni qutlar ekan, oliy darajadagi uchrashuvlar chog`ida erishilgan kelishuvlar hamda joriy yil aprel oyidagi Rossiyaga davlat tashrifi doirasida imzolangan ikki mamlakat hududlari o`rtasida hamkorlik to`g`risidagi hukumatlararo bitimga muvofiq Rossiya Federasiyasining Tatariston va boshqa sub`ektlari bilan aloqalar faollashib borayotganini alohida ta`kidladi. Bu haqda O`zA xabar berdi.

Mavjud ulkan sanoat salohiyati, an`anaviy yaqin hamkorlik va ko`p asrlik madaniy-tarixiy aloqalar ko`p qirrali o`zaro sheriklikni tubdan kengaytirish uchun ishonchli poydevor yaratayotgani qayd etildi.

Uchrashuvda amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirish va uni aniq mazmun bilan boyitishga doir masalalar batafsil ko`rib chiqildi.

O`zaro savdo hajmini oshirish, neft-gaz, neft-kimyo, kimyo, avtomobilsozlik, mashinasozlik, farmasevtika, qishloq xo`jaligi tarmoqlari, axborot texnologiyalari sohasi va boshqa yo`nalishlarda investisiyaviy loyihalarni amalga oshirish uchun keng imkoniyatlardan samarali foydalanishga alohida e`tibor qaratildi.

Ta`lim, ilm-fan, sog`liqni saqlash, madaniy-gumanitar almashuv va sayyohlik sohalaridagi aloqalarni faollashtirish va qo`shma dasturlarni amalga oshirish muhimligi qayd etildi.

Tatariston Prezidenti Rustam Minnixonov davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoevga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, O`zbekiston Respublikasi bilan keng ko`lamli hamkorlikni mustahkamlashga tayyor ekanini ta`kidladi.

Boshqa yangiliklar