AsosiyJinoyat
6964

​ChINOZDA O`QITUVChI O`QUVChINI TIBBIYoT KOLLEJIGA O`TKAZIB BERISh UChUN 1,5 MING AQSh DOLLAR TALAB QILDI

'​ChINOZDA O`QITUVChI O`QUVChINI TIBBIYoT KOLLEJIGA O`TKAZIB BERISh UChUN 1,5 MING AQSh DOLLAR TALAB QILDI'ning rasmi

Huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan hamkorlikda Chinoz tumanida o`tkazilgan tezkor-tergov tadbir davomida tumandagi 38-son maktab o`qituvchisi B.Tashbaev (1984 y.t.) fuqarolar ishonchiga kirib, firibgarlik yo`li bilan ulardan 2 mln. so`m miqdoridagi pul mablag`larini olgan vaqtda ushlandi.

Xususan, fuqaro huquqni muhofaza qiluvchi organlariga ariza bilan murojaat qilib, unda B.Tashbaev ta`lim tizimi organlarida ishlab kelayotgan tanishlari orqali uning qizini Qurilish va iqtisodiyot kolledjidan Tibbiyot kolledjiga o`tkazib berish uchun dastlab 1000 AQSh dollari va 500 ming so`m olganini, keyinchalik yana 500 AQSh dollari talab qilayotganini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168 va 28-211-moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib (firibgirlik va pora berishga undash), tergov harakatlari olib borilmoqda. Bu haqda Toshkent viloyati prokuraturasi xabar berdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar