AsosiyJamiyat

TOShKENTDA AYRIM YO`NALIShLI TAKSILAR HARAKATIGA O`ZGARTIRIShLAR KIRITILDI (RO`YXAT)

'TOShKENTDA AYRIM YO`NALIShLI TAKSILAR HARAKATIGA O`ZGARTIRIShLAR KIRITILDI (RO`YXAT)'ning rasmi

Aholining murojaatlarini inobatga olgan holda Toshkent shahar hokimligi Yo`lovchi transportining barcha turlari harakatini lisenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti sentyabr oyida poytaxtda qatnovni amalga oshiradigan yo`nalishli taksilarning harakatlariga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritdi.

Jumladan, aholi murojaatlari asosida ayrim mavjud yo`nalishlar harakati qayta tiklandi, ayrimlari uzaytirildi, yana ayrimlarining qatnov jadvallari soni oshirildi.

Shuningdek aholidan kelib tushgan takliflar asosida yangi yo`nalishlar harakati tashkil etildi.

Xususan, “Qorasuv 6-mavzesi – Qo`yliq M4 AShB” yo`nalishida qatnovchi 79M yo`nalishli taksi harakati qayta tiklandi.

“Chorsu metrosi AShB – Chilonzor buyum bozori AShB” oralig`ida qatnovchi 6I yo`nalishli taksi harakati Lutfiy ko`chasidan Muqimiy, Nurafshon, Beruniy, Saqichmon, Zarqaynar ko`chalari orqali “Chorsu metrosi” AShBgacha uzaytirildi.

“TTZ AShB – Chilonzor buyum bozori AShB”ga qatnovchi 18I harakati yo`lovchilar tashish uzluksizligini ta`minlash va xizmat ko`rsatish sifatini oshirish maqsadida, yo`nalishdagi jadvallar soni 12 tadan 15 taga oshirildi.

“Yangiobod mavzesi AShB – Yunusobod 19-dahasi AShB” oralig`ida qatnovchi 152A harakati aholi murojaatlari asosida yo`nalishning qaytish yo`nalishidagi harakati Oqqo`rg`on ko`chasidan Mustaqillik, Parkent ko`chalari orqali keyingi harakati o`z yo`nalishini davom ettirgan holda o`zgartirildi.

“Binokor qo`rg`oni – Do`stlik metrosi AShB” oralig`ida qatnovchi 183M yo`nalishining to`g`ri yo`nalishdagi harakati Izzat, Beshariq ko`chalari, “Aviasozlar bozori” bekati, Beshariq, Izzat ko`chalari orqali; qaytish yo`nalishidagi harakati Izzat, Beshariq, Aviasozlar, Hosiyat, Izzat ko`chalari orqali keyingi harakati o`z yo`nalishini davom ettirgan holda o`zgartirildi.

“Aviasozlar AShB – Qushbegi mavzesi”ning harakati 162M yo`nalish taksisining qaytish yo`nalishidagi harakati “Qushbegi mavzesi” bekatidan Usmon Nosir-2, Shota Rustaveli, Bobur ko`chalari orqali keyingi harakati o`z yo`nalishini davom ettirgan holda o`zgartirildi.

Aholidan kelib tushayotgan takliflar asosida 2017 yil sentyabr oyida yangi tashkil qilingan yo`nalishli taksilar ro`yxati quyidagilar:

Aholidan kelib tushayotgan takliflar asosida “Aviasozlar AShB – Chilonzor buyum bozori AShB” oralig`ida 32M yangi yo`nalish harakati tashkil etildi. Mazkur yo`nalish Toshkent shahar Yashnobod, Mirobod va Sergeli tumanlari aholisidan kelib tushgan takliflar asosida tashkil qilingan.

Yunusobod va Yashnobod tumanlari aholisidan kelib tushgan takliflar asosida 35M “Aviasozlar AShB – Yunusobod 9-dahasi AShB” oralig`ida qatnovchi yangi yo`nalish taksi harakati yo`lga qo`yildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar