AsosiyJinoyat
10612

​QIBRAYLIK AYoL 3 OYLIK O`G`LINI 500 MING SO`MGA SOTAYoTGANDA QO`LGA OLINDI

'​QIBRAYLIK AYoL 3 OYLIK O`G`LINI 500 MING SO`MGA SOTAYoTGANDA QO`LGA OLINDI'ning rasmi

Qibray tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan bola sotish holatining oldi olindi.

Xususan, bir guruh fuqarolar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat etib, Qibray tumanida yashovchi ayol o`z farzandini begona shaxslarga 1000 AQSh dollariga sotmoqchi bo`lib yurganini bildirgan.

Xabarga asosan zudlik bilan mazkur holatning oldini olishga qaratilgan tezkor tadbir o`tkazilib, tumanda yashovchi M.Ismoilova (1990 y.t.) 2017 yilning iyun oyida tug`ilgan, uch oylik o`g`lini 500 ming so`m evaziga sotayotgan vaqtda ushlandi.

Toshkent viloyati prokuraturasidan xabar berishlaricha, hozirgi vaqtda jinoyat sodir etilishi sabablari aniqlanmoqda.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar