AsosiyJamiyat

GM UZBEKISTAN XARIDORLARGA “45 DAQIQADA AVTOMOBIL” OLIB KETIShNI TAKLIF QILDI

'GM UZBEKISTAN XARIDORLARGA “45 DAQIQADA AVTOMOBIL” OLIB KETIShNI TAKLIF QILDI'ning rasmi

GM Uzbikistan xaridorlar uchun maxsus “45 daqiqada avtomobil” xizmatini taklif qildi.

Avtoishlab chiqaruvchining saytida Matiz, Spark, Nexia 3, Cobalt va Lacetti kabi avtomobillarni ushbu xizmat asosida taklif qilayotgan avtosalonlar ro`yxati paydo bo`ldi.

Ayni damda "45 daqiqada avtomobil" quyidagi hajmda sotilmoqda: Matiz - 23, Spark - 971, Nexia 3 - 317, Cobalt - 416 va Lacetti - 185.

GM Uzbekistan praysiga asosan, avtomobil narxlari quyidagicha: Matiz - 42,5 mlndan 48,8 mln so`mgacha (komplektasiyasiga qarab), Spark - 61,5-74 mln so`m, Nexia 3 - 70,6-85,9 mln so`m, Cobalt - 79,6-97,1 mln so`m, Lacetti - 102,2-123,5 mln so`m.

“Ushbu taqsimlanish asosida avtomobil sotib olishni istagan haridor dilerlik korxonalariga shartnoma tuzish uchun murojaat qilishlari mumkin”, — deyiladi kompaniya saytida. Agar dilerlik korxonalarida ushbu dastur asosida sotilayotgan avtomobil qolmagan bo`lsa, xaridor elektron buyurtma qoldirib, keyingi oydagi taqsimot asosida avtomobil olishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar