AsosiyJamiyat

​ChILONZOR HOKIMI FACEBOOK ORQALI TUMAN AHOLISINING ShIKOYaTLARINI QABUL QILADI

Toshkentning Chilonzor tumani hokimi Davron Hidoyatov ijtimoiy orqali tashabbus bilan chiqdi.

Hokimiyat rahbari Facebookdagi 170 ming a`zosi bo`lgan "Potrebitel.uz" guruhi orqali "Chilanzor" guruhini tashkil etib, tuman aholisini qanday muammolar qiynayotgani bilan qiziqdi?

Ushbu post ostiga chilonzorliklar yo`llarning ahvoli, XUJMSh faoliyati, yashash joylarini obodonlashtirish, bolalar maydonchalari kabi mavzularni ilgari surishdi.

Tarmoq foydalanuvchilarining qayd etishlaricha, ushbu tashabbusning ilk natijalari ham ko`ringan. Ayrim muammolar yuzasidan tuman hokimi o`rinbosari joylarga chiqqan holda holatni o`rgangan.

Bundan tashqari, Davron Hidoyatov "Chilonzor" guruhiga o`zining murojaatini ham yozib qoldirgan hamda tuman aholisiga amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma`lumot berishni va`da qilgan.

"Yo`l, bolalar maydonchalari, XUJMSh faoliyati, ko`kalamzorlashtirish, chiqindi olib chiqish va boshqa shu kabi masalalar bizning doimiy e`tiborimizda – bizda bu borada kelgusi 2 yilga aniq rejalar mavjud – hammangiz tez orada ilk natijalarni ko`rishingiz mumkin. Har biringiz Chilonzor tumanida yashash sharoitini yaxshilash uchun har tomonlama qo`llab-quvvatlashingizga ishonamiz. Hokimiyatning 18 nafar xodimi bilan barcha masalalrni birdaniga qamrab olish biroz mushkul, shu sababli har biringizdan faollik va ko`mak kutib qolamiz", - deydi tuman hokimi.

Ushbu tashabbus tarmoq foydalanuvchilari tomonidan iliq kutib olindi va boshqa tuman hokimlaridan ham bu borada o`z tashabbuslari bilan chiqishliklari ishonch bildirishdi.

Aytish joizki, avvalroq Mirzo-Ulug`bek tuman hokimi Sherzod Qudbiev Facebook’da hokimiyat sahifasini tashkil qilgandi. Bu erda tumanda amalga oshirilayotgan turli tadbirlar yoritib boriladi.

Boshqa yangiliklar