AsosiyJamiyat

ChORRAHALARDAGI KUZATUV KAMERALARI ADAShIShI MUMKINMI?

'ChORRAHALARDAGI KUZATUV KAMERALARI ADAShIShI MUMKINMI? 'ning rasmi

Ichki ishlari vazirligi Yo`l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmatining «SUG‘DIYONA» gazetasiga bergan ma`lumotiga ko`ra, Toshkent shahrida 2017 yilning 15 martidan yo`l harakatini kompyuterlashgan boshqaruv tizimi joriy qilingach, sezilarli darajada yo`l harakati qoidabuzarliklari kamaygan. Ma`lumki, Kuzatuv kameralari 2 ta qoidabuzarlikni avtomatik tarzda aniqlaydi: tezlik me`yorlariga va svetoforning taqiqlovchi ishorasiga amal qilmay harakatlanish. Tizim qoidabuzarliklarni aniqlay boshlagan 15 mart kuni 8 600 dan ziyod qoidabuzarlik haqida xabar topilgan bo`lsa, senyatbrning 10-sanasida, ya`ni bir kunda 468 ta qoidabuzarlik tizim tomonidan qayd etilgan. Bu qoidabuzarliklar soni anchagina kamayganini ko`rsatadi. Kuzatuv kameralari test rejimida ishga tushirilganida xatoliklar kuzatildi. Ayni paytda Toshkent shahrining Mirobod tumanida joylashgan Toshkent shahar IIBB YHXBga qarashli 3-diagnostika markazida alohida bo`linma kuzatuv kameralari bilan bog`liq nizoli vaziyatlarga oydinlik kiritish maqsadida faoliyat ko`rsatyapti. Kompyuterlashtirilgan tizim tomonidan chiqarilgan jarimaga tortish to`g`risidagi qaror yuzasidan biror-bir tushunmovchilik bo`lsa, fuqarolar masalaga oydinlik kiritish maqsadida shu erga murojaat qilishlari mumkin.

Manba: “SUG‘DIYONA gazetasi

    Boshqa yangiliklar