AsosiyJamiyat

TAShQI IShLAR VAZIRI GERMANIYa ELChISINI QABUL QILDI

'TAShQI IShLAR VAZIRI GERMANIYa ELChISINI QABUL QILDI'ning rasmi

2017 yilning 27 sentyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Germaniya Federativ Respublikasining yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Gunter Overfeldni qabul qildi.

Elchi ishonch yorliqlarining nusxalarini taqdim etdi.

Suhbat chog`ida O`zbekiston va Germaniya o`rtasidagi hamkorlik, jumladan «O`zbekiston-Evropa Ittifoqi» shaklidagi aloqalar hamda xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi munosabatlar holati va yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Uchrashuvda O`zbekiston hukumat delegasiyasining noyabr oyida Germaniyaga tashrifi muddati va dasturi, turli darajalardagi bo`lajak boshqa ikki tomonlama aloqalar jadvali yuzasidan fikr almashildi, deb xabar berdi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy sayti.

    Boshqa yangiliklar