AsosiyJamiyat

ODAM SAVDOSI QURBONIGA AYLANMANG

'ODAM SAVDOSI QURBONIGA AYLANMANG'ning rasmi

Agar ishlash yoki o`qish uchun chet el davlatlariga ketayotgan bo`lsangiz, shartnoma SIZga tushunarli tilda tuzilayotganini nazorat qiling. Unda sizning ish yoki o`qish joyingiz, shart-sharoit, yashash manzilingiz va ish vaqtingiz aniq ko`rsatib o`tilgan bo`lsin.

Shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatlaringiz va pasportingiz har doim yoningizda bo`lsin. Pasportingizni hech kimga bermang!

Oila a`zolaringiz va do`stlaringizga chet davlatdagi manzil va telefon raqamlaringiz haqida to`liq ma`lumotlarni, pasportingiz va shartnoma nusxalarini qoldiring.

O`zingiz ketayotgan xorijiy davlatdagi O`zbekiston Respublikasining elchixonasi va konsullik vakolatxonalarining telefon raqamlarini ketishingizdan oldin aniqlang.

Agar siz qiyin ahvolga tushib qolsangiz, albatta, yaqinlaringiz bilan bog`lanishga harakat qiling va ulardan huquqni muhofaza qiluvchi mutasaddi organlarga murojaat qilishlarini so`rang.

Agar pasportingizni O`zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida yo`qotib qo`ygan bo`lsangiz, shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatni olish uchun ushbu davlatdagi O`zbekiston Respublikasi elchixonasi va konsullik vakolatxonalariga murojaat qiling.

Hech qachon davlat hududlarini soxta yoki qalbaki hujjatlar bilan kesib o`tmang!

Xorijiy davlatning hududida bo`lishingiz muddati vizada ko`rsatilgan. Unga amal qiling. Viza tizimini buzsangiz, sizni jinoiy javobgarlikka tortishlari va ushbu davlatga keyingi kirishingiz ta`qiqlab quyilishi mumkin.

Siz ishlash uchun borgan chet davlatda huquqingiz buzilayotgan, insoniylik qadr-qiymatingiz kamsitilayotgan yoki xavfsizligingizga tahdid qilinayotgan bo`lsa, shu kabi holatlarga tushib qolgan chet el fuqarolariga yordam ko`rsatuvchi xalqaro va nodavlat tashkilotlarga murojaat qiling.

Manba: “SUG‘DIYONA gazetasi

    Boshqa yangiliklar