AsosiyJamiyat

TA`LIM MUASSASALARINING DIREKTORLAR KENGAShI JORIY ETILADI(MI)?

' TA`LIM MUASSASALARINING DIREKTORLAR KENGAShI JORIY ETILADI(MI)?'ning rasmi

28 centyabr kuni O`zbekiston davlat konservatoriyasida O`zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligi tomonidan “O`qituvchi va murabbiylar kuni” umumxalq bayrami kuniga bag`ishlangan matbuot anjumani bo`lib o`tdi...

Anjumanni Madaniyat vaziri o`rinbosari K.B.Akilova tabrik so`zi bilan ochib berdi hamda vazirlik tizimidagi ta`lim muassasalari, ularda tahsil olayotgan o`quvchi va talabalar haqida ma`lumot berib o`tdi.

So`ng R.Glier nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik liseyining xalq cholg`ulari bo`limi boshlig`i A.A.Abdurahmonovning “Bugungi kunda yoshlarning qo`lga kiritayotgan yutuqlari” va O`zbekiston davlat konservatoriyasining katta o`qituvchisi A.B.Mamadalievning “O`zbekiston davlat konservatoriyasining kelajak istiqbollari” mavzularida ma`ruzalari tinglandi.

Ma`ruzalar bo`yicha fikr-mulohazalar bildirilib, ta`lim sohasidagi muammolar, takliflarga yuzlanildi. Xususan, anjumanda ishtirok etgan o`rta-maxsus ta`lim muassasalari etakchi pedagoglari madaniyat va san`at ta`lim yo`nalishida mutaxassislik fanlariga keng e`tibor qaratib, ularga ajratilgan soat hajmini ko`paytirish, o`quvchi va talabalarda kitobxonlik madaniyati bilan birga axborot resurs markazlaridan foydalanish ko`nikmalarini hosil qilish uchun alohida dars soatlarini ajratish, ta`lim muassasalarining direktorlar kengashini joriy etish va o`quv yillik ish rejasini vazirlikning ta`lim yo`nalishi ish rejasiga muvofiq tayyorlash kabi muammolarga to`xtalib, o`z takliflarini bildirdilar.

Anjuman so`ngida vazir o`rinbosari K.B.Akilova savollar va takliflarga javob berish barobarida bayram bilan pedagoglarni yana bir qutlab, kelgusiishlarida muvaffaqiyat tiladi.


    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar