AsosiyShou-biznes

LEANARDO DI KAPRIONING 11 IQRORI

'LEANARDO DI KAPRIONING 11 IQRORI 'ning rasmi

Barchamizning sevimli, erkatoy aktyorimizga aylanib ulgurgan Leanardo Vilgelm Di Kaprio «Oskar»ga eng loyiq, ammo «Oskar» ololmayotgan aktyorlar safiga kiradi. U 5 karra «Oskar», 3 karra «BAFTA» va 3 marta «Oltin globus» mukofotiga nomzodi ko`rsatilgan.

Aktyor 1974 yili Los Andjelesda dunyoga kelgan.

  • «Aktyorlar ijaraga pul to`lab olinuvchi masxarabozlardir».

2. «Men faqat o`z bog`imdagina xotirjam bo`la olaman. Bir safar, xattoki Janubiy Amerika chakalakzorlarda ham muxlislarimni uchratib qolganman, ular meni ko`riboq atrofimni qurshab olishdi. Men uchun erda berkinadigan joy qolmayapti».

3. «Bilasizmi «Getsbi»dagi rolim menga nimani o`rgatdi? Unda umid qilishdek yuksak qobilyat bor edi. Menimcha, biz hammamiz umidga ehtiyoj sezamiz».

4. «Men sayyoramizni hali ham qutqarish mumkinligiga ishonaman».

5. «Menga doimo onamning, muvaffaqiyatlarimga bo`lgan munosabati yoqardi. Esimda, endi mashxur bo`layotgan kezlarim, erta tongda onam xonamga kirib: qani karavotdan tushib, badantarbiya mashqlarini bajar, dangasalikni yig`ishtir, kichkina uyquchi chuvalchang, derdi. U shu yo`l bilan meni yulduzlik kasalidan asraganini endi tushunyapman».

6. «Agar xayotda o`z maqsading bo`lmasa, maqsadi borlar uchun xizmat qilishga to`g`ri keladi».

7. «Ko`p vaqtimni Afrikada o`tkazganman. U erdagi odamlarning qanday muammolarga yo`liqishini ko`rganman. Uyga qaytganimdan so`ng esa atrofimdagilarning arzimas muammolariyu noshukrliklarini eshitgim ham kelmagan».

8. «Tamakidan hech voz kecholmayapman. Uni tashlashga uringan kunim, qo`rqinchli tushlar ko`rib, sovuq terda uyg`onaman».

9. «Hayotda pul faqat kimgadir yordam berish uchun kerak».

10. «Kecha men aqlli edim, dunyoni o`zgartirmoqchi bo`lardim, bugun esa donoman, o`zimni o`zgartirayapman».

11. « Men tabiatga juda ehtiyotkorlik bilan yondashaman. Uyimning tomida quyoshli batareyalarni o`rnatganman, oddiy mashinaga qaraganda, 75 foizga kamroq uglekislota chiqaruvchi mashina haydayman, ota-onamga ham xuddi shunday mashina sovg`a qilganman».

Manba: «Sug'diyona» gazetasi



    Boshqa yangiliklar