1

​PREZIDENT MAHKUMLARNI AFV ETISh BO`YIChA HUJJATLARNI TAYYoRLAShGA FARMOYISh BERDI

Jamiyat 02.10.2017, 13:59
Teglar: Shavkat Mirziyoev, Prezident
​PREZIDENT MAHKUMLARNI AFV ETISh BO`YIChA HUJJATLARNI TAYYoRLAShGA FARMOYISh BERDI

O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining yigirma besh yilligi munosabati bilan jazoni ijro etish muassasalarida jazo o`tayotgan mahkumlarni afv etish haqidagi materiallarni tayyorlash chora-tadbirlari to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 sentyabrdagi farmoyishi e`lon qilindi.

Insonparvarlik, shuningdek inson, uning hayoti, erkinligi, sha`ni, qadr-qimmati va boshqa ajralmas huquqlarini oliy qadriyat deb tan olish kabi umuminsoniy va konstitusiyaviy prinsiplarning amalda ta`minlanishi, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlar va yangilanishlarning asosidir.

Qonunni buzgan, biroq o`z qilmishining huquqqa xilofligini anglagan va tuzalish yo`liga o`tganligini qat`iyatlik bilan namoyon qilgan shaxslarga jamiyat va o`z oilasi davrasiga qaytish imkonining berilishi, o`zbek xalqining kechirimlilik, rahmdillik va bag`rikenglik kabi azaliy qadriyatlarining ro`yobga chiqarilishi hisoblanadi.

Mahkumlarni afv etish, ya`ni shaxsni jazodan ozod qilish yoki unga nisbatan tayinlangan jazoni engilrog`i bilan almashtirish yuqorida sanab o`tilgan prinsip va an`analarning bir ko`rinishi sifatida namoyon bo`ladi.

Shu bilan birga, aholi bilan ochiq muloqot natijalari shundan dalolat bermoqdaki, sud amaliyotida jazoning sodir etilgan qilmishning ijtimoiy xavflilik darajasiga mutanosib bo`lishi, mahkumning shaxsini tavsiflovchi va aybini engillashtiruvchi holatlarni hisobga olish etarlicha to`liq ta`minlanmayapti.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida 274 ta jinoyat ishlari bo`yicha ayblov qayta malakalanganligi, jinoyat ishlarining 50 tasi qonun o`zgarishi, 805 tasi javobgarlikka tortish muddatining o`tib ketganligi, 26 tasi qilmishda jinoyat tarkibi mavjud emasligi munosabati bilan tugatilganligi bu haqda guvohlik bermoqda.

Yuqorida bayon etilganlarni, jazoni ijro etish muassasalarida jazo o`tayotgan mahkumlarning afv etish haqida iltimosnomalar bilan qilgan murojaatlarini inobatga olib, shuningdek O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining yigirma besh yilligi munosabati bilan Jazoni ijro etish muassasalarida jazo o`tayotgan mahkumlarni afv etish haqidagi materiallarni tayyorlash bo`yicha maxsus komissiya tashkil etiladi.

Maxsus komissiya jazoni ijro etish muassasalarida jazo o`tayotgan mahkumlar (keyinchalik - mahkumlar) shaxsini va ularga oid materiallarni joylarda ishchi guruhlar tomonidan sinchikovlik bilan, shu jumladan yakka tartibda suhbatlar o`tkazish yo`li bilan o`rganilishini tashkil qiladi.

Amalga oshirilgan ishlar natijasi bo`yicha 2017 yil 10 noyabrga kadar O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi afv etish masalalari bo`yicha komissiyaga ko`rib chiqish uchun tegishli takliflar va materiallarni, shu jumladan mahkumlarni afv etish haqidagi iltimosnomalarni taqdim etadi.

Ishchi guruhlar 2017 yil 30 oktyabrga qadar:

a) O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasining muassasalariga borib, mahkumlarga oid shaxsiy jildlarni, materiallarni va ularning shaxsini sinchikovlik bilan, shu jumladan yakka tartibda suhbatlar o`tkazish orqali o`rgansinlar va bunda quyidagilarga:

sodir etilgan qilmishning ijtimoiy xavflilik darajasiga, shu jumladan mahkumning jinoyat sodir etilishidagi ishtiroki darajasiga;

mahkumning qilmishiga chin ko`ngildan pushaymonligiga;

jinoyat natijasida etkazilgan moddiy zararning qoplanishiga, boshqa oqibatlarning bartaraf qilinishiga, shuningdek aybni engillashtiruvchi va og`irlashtiruvchi boshqa holatlarning mavjudligiga;

sudlanganlik holatining mavjudligiga, shu jumladan sudlanganlikning tugallanganligi yoki olib tashlanganligiga;

mahkumning shaxsini tavsiflovchi ma`lumotlarga, uning yoshi, sog`ligining holati, oilaviy ahvoliga (qaramog`ida voyaga etmagan farzandlar, mehnatga qobiliyatsiz er (xotin) va (yoki) keksa yoshdagi ota-onasi mavjudligiga);

jazoning sodir etilgan qilmishning ijtimoiy xavflilik darajasiga mutanosibligiga alohida e`tibor qaratsinlar;

b) amalga oshirilgan ishlar bo`yicha Maxsus komissiyaga tegishli takliflar va materiallarni, shu jumladan mahkumlarni afv etish haqidagi iltimosnomalarni taqdim etsinlar.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi afv etish masalalari bo`yicha komissiya 20 noyabrga qadar Maxsus komissiya tomonidan afv etish haqidagi iltimosnomalar bilan taqdim etilgan materiallarni ko`rib chiqib, tuzalish yo`liga qat`iy o`tgan mahkumlarni afv etish bo`yicha qonunchilikda belgilangan tartibda takliflar kiritadi.

Farmoyishning to`liq matni bilan ushbu havolada tanishishingiz mumkin.

Sharhlar

Prezidentning Tojikistonga tashrifi ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi sahifa ochdi

19.04.2024, 18:05

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Tojikistonga davlat tashrifi doirasidagi tadbirlar yakuniga etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Kuni kecha O`zbekiston rahbari Prezident Emomali Rahmon...
O`zbekiston va Tojikiston o`rtasidagi munosabatlarda yangi tarixiy davr boshlanmoqda

19.04.2024, 14:58

Dushanbega davlat tashrifi doirasida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 19 aprel kuni Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzodani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati...
O`zbekiston Qurolli kuchlarini qurollantirish bo`yicha davlat komissiyasi tashkil etildi

03.02.2023, 11:00

O`zbekiston Prezidenti “O`zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarini qurollantirish va mudofaa sanoati sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish bo`yicha chora-tadbirlar to`g`risida”gi farmonni imzoladi.Hujjat bilan O`zbekiston Qurolli kuchlarini qurollantirish bo`yicha...
⚡️Shavkat Mirziyoev Andijonga jo`nab ketdi

01.02.2023, 09:59

Prezident Shavkat Mirziyoev hududlar iqtisodiyoti, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida Andijon viloyatiga jo`nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.Ma`lum qilinishicha, tashrif davomida...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1