AsosiyJamiyat

​9 OYDA O`ZBEKISTONGA 1,8 MILLION SAYYoH KELGAN

'​9 OYDA O`ZBEKISTONGA 1,8 MILLION SAYYoH KELGAN'ning rasmi

Bu haqda O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev mamlakatimizda turizmni izchil rivojlantirish istiqbollari, sayyohlik ob`ektlaridan samarali foydalanish, ko`rsatilayotgan xizmat turlari sifatini oshirish, yurtimizga tashrif buyurayotgan sayyohlar oqimini ko`paytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahliliga bag`ishlangan yig`ilish o`tkazdi.

Yig`ilishda qayd etilishicha, 2017 yilning 9 oyi yakuniga ko`ra, qariyb 1 million 800 ming sayyoh yurtimizga kelgan. Bu 2016 yilning mos davriga nisbatan 17 foiz ko`pdir. Mamlakatimizda sayyohlik xizmatlari eksporti ham 17 foiz ko`payib, 1 milliard 86 million dollarni tashkil qilgan.

Yil oxiriga qadar mamlakatimizga tashrif buyuruvchi sayyohlar soni 2,5 milliondan oshishi kutilmoqda.

    Boshqa yangiliklar