1

Shifo maslahat: TUG`MA NOR NASL SURADIMI?

Salomatlik 04.10.2017, 12:13
Shifo maslahat: TUG`MA NOR NASL SURADIMI?

— Hozir birinchi farzandimga homiladorman. Peshonamning o`ng qismida yong`oqday tug`ma qizil nor bor.Ayting-chi, mendagi nor homilaga ta`sir qilmaydimi? Farzandimda ham qizil nor bo`lishi mumkinmi?

Sojida Mamatillaeva, Sirdaryo viloyati

Rasul SODIQOV, shifokor:

— Qon tomirlarida yuzaga keladigan xavfsiz o`smalarni nor deymiz. Tibbiyotda esa ular gemangioma deyiladi. Mazkur o`smaning kelib chiqish sabablaridan asosiysi, irsiyatdir. Agar ota-onaning birida nor yoki hol kuzatilsa, farzandlarida ham nasl surish ehtimoli bor. Yana bir muhim omil – homiladorlik davrida ayolning virusli kasalliklar bilan og`rishi, kuchli toksikoz, dori preparatlarining nojo`ya ta`siri, stress, jarohatlar homila rivojlanishiga ta`sir etib, gemangiomani yuzaga keltirishi mumkin. Qolaversa, muddatidan erta tug`ilgan, vazni me`yordan kam, to`liq rivojlanmagan chaqaloqlarda ham ushbu xastalikning kuzatilishi qayd etiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1