AsosiyJamiyat

​IIBB METROPOLITENDA TAShISh TAQIQLANGAN NARSALARNI SANAB O`TDI

'​IIBB METROPOLITENDA TAShISh TAQIQLANGAN NARSALARNI SANAB O`TDI'ning rasmi

Toshkent metropolitenning ochilganiga mana 42 yil ham bo`lib o`tdi. Shu vaqt ichida birinchi beshta bekatdan boshlangan bo`lib, hozirgi kunga kelib esa qurilish ishlari jadallashtirilgan holda olib borilmoqda va kelgusida 40 tadan oshiq bekatlarning qurilishi rejalashtirilmoqda.

Shu o`rinda Toshkent metropoliteni MDH davlatlari ichida o`z chiroyi bilan ikkinchi o`rinda, dunyo miqyosida esa ettinchi o`rinda turadi. Shu sababli biz, “Markaziy Osiyo durdonasi” hisoblanmish Toshkent metropolitenini asrab avaylashimiz va kelajak avlodga yanada go`zalroq ko`rinishda meros qilib qoldirishimiz lozimdir.

Yuqorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun, Toshkent shahar IIBB Qo`riqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan Toshkent shahar metropolitenining bekatlaridagi kirish yo`laklarida xizmat olib borilib, bunda yo`lovchilarning havfsizligini ta`minlash, jamoat tartibini saklash hamda jinoyatchilikning oldini olish maqsadida har bir fuqaro va uning o`zi bilan birga olib kirayotgan buyumlari sinchkovlik bilan tekshirib chiqilmoqda.

Shuni e`tiborga olish joizki, metropoliten hududiga olib kirish taqiqlangan buyumlar bilan kelayotgan fuqarolarga bekatga kirish man etiladi.

Metropolitenda yo`lovchilar tomonidan tashish taqiqlangan suyuqliklar va moddalar:

- Tez alanga oluvchi suyuqliklar - benzin, kerosin, aseton, spirt, barcha turdagi bo`yoq erituvchilar;

- Yonuvchi suyuqliklar - moyli va emal bo`yoqlar, solyarka, suyuq holdagi mashina moylari va laklar;

- Portlovchi, o`yuvchi va zaharli moddalar, shuningdek suyultirilgan va siqilgan gazli ballonlar.

    Boshqa yangiliklar