1

​ “BOLAMNI QO`RQITSANG, O`ZINGDAN KO`R!”

Mutolaa 05.10.2017, 12:38
​ “BOLAMNI QO`RQITSANG, O`ZINGDAN KO`R!”

“BOLAMNI QO`RQITSANG, O`ZINGDAN KO`R!”

Yomon tush ko`rib uyg`onib ketdim. “Tavba qildim, bu nimasi? Yaxshilikka bo`lsin” deb o`yladim xo`rsinib. Qorong`uda paypaslab telefonimni topdim. Qatorasiga beshta SMS turardi. Shoshib, ochib o`qiy boshladim. Ikkitasi SIM-kartaning kompaniyasidan ekan, o`qimasdan keyingilariga o`tdim. “Bolamga kun bermayotgan ekansan. Seni Xudoga soldim...” Xatning davomi qarg`ishga to`la edi. Yuragim siqilib telefonni o`chirdim, qolgan ikkita SMSni o`qishni istamadim. “Men bu ayolga nima qildim?” degan savol yuragimni o`rtay boshladi. Jahl ustida unga javob yozmoqchi bo`ldimu, lekin erimning “og`irroq bo`l” degan gapi esimga tushib, alamimni ichimga yutdim. O`rnimdan turib tinchlantiruvchi dori ichib, uxlashga harakat qildim. Bo`lmadi. Tonggacha kiprik qoqmadim. Ertalab ishdan kelgan erim kayfiyatim yomonligini sezib “tinchlikmi?” deb so`radi. Indamay unga telefonni uzatdim. O`qimasdan nima gapligini tushungan erim, uf tortib telefonni kresloga tashladi.

  • Senga necha marta aytganman, uning gaplariga e`tibor berma, deb... Bolalar qani?
  • Ovqatlanishyapti.
  • Bog`chaga qo`yib kel, keyin gaplashamiz.
  • Balki Boburjonni bir-ikki haftaga uning yoniga yuborarmiz... — dedim qo`rqa-pisa.
  • Nima?! Oxiri ichingdagini aytding-a! Qutulolmay yurganingni biluvdim!
  • O`ylab gapiryapsizmi... Axir uni o`z bolamdek...
  • Yolg`on! Bilasanmi, seni Loladan farqing nimada?! U qanday bo`lsa, shundayligicha ko`rinadi. Sen esa ikkiyuzlamachisan! U bizni yomon ko`rishini yashirib o`tirmaydi, sen esa o`zingni Boburni yaxshi ko`rgan qilib ko`rsatasanu, lekin ichingda o`gaylik qilasan!
  • Nima?! M-meni kimga tenglashtirayotganingizni bilasizmi? Axir... — xo`rligim kelganidan erimning yuziga ham qaragim kelmay, eshikni taraqlatib yopib chiqib ketdim. Bolalarning xonasiga kirib ham tinchlana olmadim. Nima qilishni bilmay u yoqdan-bu yoqqa borib kela boshladim. Shayton “qizingni ol-da, chiqib ket, o`g`li bilan bilganini qilsin” deb ko`tara boshladi. Darrov bu xayollarni miyamdan haydadim. Boburni o`zim katta qilganman, qanday qilib uni tashlab ketaman.
  • Zaxro.. kechir, jahl ustida gapirib yubordim.
  • Nima qilay, bolani unga bergim kelmaydi-da... Lekin qaytarib berishga majburman shekilli...
  • Esingizni edingizmi? Nega bunday deyapsiz? Men faqat bolasini sog`ingan bo`lsa, ko`rsin demoqchiydim...
  • Boshqa ilojim yo`q... Bunday yashab bo`lmaydi. U ham ona-ku, o`z bolasiga yomonlik qilmas. Shunday qilsam, balki tinch qo`yar, biz ham odamdek yasharmiz...
  • Yo`q, unday qilmang, iltimos. Nahotki tushunmayapsiz, axir uning maqsadi ham shu! Bizni urushtirib qo`yib, bolani olib ketmoqchi.
  • Hozircha bu gapni hech kimga aytmay tur, men yaxshilab o`ylab olay, keyin bir qarorga kelaman.
  • Voy, o`lsin, u menga ham telefon qilgandi, sizlarga aytmay turuvdim... Ering bekorini aytibdi, Lolaga beradigan nabiram yo`q! U haqida eshitgan gaplarni aytsam, tepa soching tikka bo`ladi. Kuni-kecha qo`shnim keldi, o`sha shahardagi mehmonxonalardan birida oshpaz bo`lib ishlarkan. “Keliningizni ko`rsangiz tanimaysiz, sochining yarmini qirdirib olib tashlagan, orqasida to`rtta kokil qoldirgan. Qopa-qora shim va kurtkalar kiyib, allaqanday temir-tersaklarni taqib yuradi. Ishonsangiz, uning turqidan ot hurkadi. Meni tanisa ham tanimaganga olib o`tib ketadi. Ko`rinishimni o`zgartirsam, hamshaharlarim tanimaydi deb o`ylasa kerak-da. Bir ishlar qilib yuribdiki, aytishga tilim bormaydi” dedi. “U mening kelinimmas, o`g`lim ajrashganiga besh yil bo`lyapti, bilganini qilib yuraversin, menga nima dedim”. To`g`risi-da, hozirgi zamonda chet elda ishlaydigan yoki o`qiydigan odam bitta umi? Hammaning ham ortidan bunaqa gap eshitmaymiz-ku. Odamning o`ziga bog`liq hammasi, deb qo`shnimni koyib berdim. Bir yoshga to`lmagan bolasini tashlab, “men boyvuchchalardek yashashni istayman” deb ketvorgan ayoldan nimani ham kutish mumkin. Menga desa, o`lib ketsin...
  • Qo`ying, oyi, qarg`amang. Men uni o`ylamayapman, o`zi shu ahvolda yashasa, Boburga qanday qaraydi?.. O`g`lingizni bir amallab bu fikrdan qaytaraylik.
  • Zaxro opa, tez kelmasangiz bo`lmaydi, bir ayol kelib “men Boburni onasiman” deb janjal qilib yotibdi. Qanday qilib bog`chaga etib borganimni bilmayman.
  • Boburjon qani? — dedim hech kimga e`tibor bermay.
  • Yotoqxonaga kirib yashirinib olgan, — aybdorona erga qaradi tarbiyachi.
  • Zaxro opa, boshqa eshikdan chiqing, anovi ayol shallaqilik qilib yotibdi...
  • Yo`q, to`g`ri yo`ldan chiqaman, — dedim va o`g`limni ko`tarib, qizimni qo`lidan tutdim. Bu jur`at menda qaerdan paydo bo`ldi bilmayman, ayollar yig`ilib turgan bog`cha hovlisiga chiqdim. Ayolga ko`zi tushgan Boburjon yuzini bo`ynimga yashirdi.
  • Qancha gapingiz bo`lsa, erim bilan gaplashing! Agar yana bolalarimni qo`rqitadigan bo`lsangiz, milisiya chaqirishadi! — dedim e`tirozga o`rin qoldirmaydigan ohangda va yo`limda davom etdim.

Kechgacha bu mavzuda gaplasha olmadik. Erim “smena”dan charchadim deb o`zini uxlaganga solib yotib olgani uchun men ham indamadim. Bog`chadan kelgandan buyon injiqlik qilib turgan Boburning orqasiga bir tarsaki tushurgach, chidab turolmadim. Bolani qo`lidan tortib oldim. Ko`zidan miltillab oqayotgan yoshlarni mitti kaftlari bilan artayotgan Bobur va akasining kaltak eganidan qo`rqib joyida qotib qolgan Lobarni qo`lidan tutib, xonasiga etakladim.

Bolalarni uxlatib kelganimda ham erim joyidan jilmagandi. Xona tutunga to`lib ketganidan nafas olib bo`lmasdi.

Oyog`imning uchigacha muzlab ketdim. Men nima dardda gapiryapmanu, u nima deyapti. Alam qilganidan tilim tutilib qoldi. Erim “bolamga o`gaylik qilmayapsanmi?” deb hazil-chin aralash bir-ikki marta gapirgan, bu gapga unchalik xafa bo`lmaganman. Hamma ham bolasi uchun xavotirlanadi-da, bir kun kelib tushunib qolar, deb o`zimni ovutardim. Lekin bugun meni Lolaga tenglashtirgani, shuncha yillik mehnatim, bardoshim evaziga “ u sendan yaxshiroq” degani yuragimga tig`dek botdi.

Yig`lay-yig`lay bolalarning yonida uxlab qolibman, ko`zimni ochsam, erim ustimga ko`rpa yopib ketibdi. Shuncha gapni eshitib, hech nima bo`lmagandek yura olmasdim. Lekin bolaga jabr qilish ham qo`limdan kelmasdi.

Indamadim.

Qo`rqib ketdim.

Ovozi titrab ketganidan bu gaplarni aytish unga qanchalik qiyinligini tushunib turardim.

Nima qilishni bilmay ich-etimni eya boshladim. Bu gapni eshitganimdan keyin kecha eshitgan haqoratim ham esimdan chiqib ketdi. Erim bolalarni bog`chaga olib ketgach, shoshib qaynonamga telefon qildim.

Kun bo`yi shu xayol bilan yurdim. Bog`chadan bolalarni olib kelish uchun otlanayotganimda Boburning tarbiyachisi telefon qilib qoldi. Xavotirlanib go`shakni oldim.

Bog`cha mudirasi va tarbiyachilar qurshovida shang`illayotgan bir ayol tarbiyachilarning ortidan menga o`girildi.

Otilib bolalar uxlaydigan xonaga kirdim. Lolaning yonidan o`ta turib, uning usti-boshiga nazar soldim. Qaynonam ta`riflaganidek otni hurkitadigan darajada kiyinmagan, boshida shapkasi bo`lgani uchun soch turmagi ko`rinmasdi. “O`zini sipo ko`rsatmoqchi bo`libdi-da” degan xayol o`tdi miyamdan...

Bolaginam eng chekkadagi karavotda yig`lab o`tirardi. Eshik ochilganidan cho`chib tushib qo`rquv to`la ko`zlari bilan menga qaradiyu, baqirib yig`lab yubordi. Keyin quchoq ochgancha menga otildi. Shu lahza haqqi, bolaginam mendan madad kutgandek ikki qo`lini cho`zgancha yugurib kelayotgan lahza haqqi, ikki dunyoda ham bolani unga bermayman deb qasam ichdim! Bag`rimga otilgan bolaginamning yurak urishi eshitilib turardi. “Bolani qo`rqitibdi” deb o`yladim va ovutish uchun uning ko`zlaridan o`pa boshladim. Shu payt tarbiyachi hech gapdan xabari yo`q qizimni ham etaklab keldi.

Hamma menga qarab turardi. To`g`ri ayolning yoniga bordim va boshimni baland ko`tarib:

Ayol miq etmadi. Bog`chadan chiqqanimdan keyin esa qo`rqqanimdan oyog`im qaltirab ketdi.

Erim va sobiq xotini o`rtasidagi tortishuv anchagacha davom etdi. Men bu ishlarga umuman aralashmadim, bolalarimni ham aralashtirmadim! Lolaning qilmishlari isbotlanib, onalik huquqidan mahrum etilgach, u yana kelgan joyiga qaytib ketadigan bo`ldi.

Bu xabarni eshitib, endi tinch yashasak kerak, deb engil tin olganimda telefonimga begona raqamlardan SMS keldi. “Bolamni o`z bolangdek ko`rishingga ishontirganing uchun ham rahmat. Bolamni senga, seni Xudoga topshirdim” deb yozilgandi xatda. Shu damda ayolga emas, onaga achinib yig`lab yubordim. Ichimda “agar bir kun kelib Boburjon onasini ko`rishni istasa unga qarshilik qilmaslik uchun menga kuch berishini Xudodan so`radim...

Dilfuza SOBIROVA

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1