AsosiyJamiyat

​MA`NAVIYaT VA MA`RIFAT MARKAZI KAM TA`MINLANGAN OILALARGA KITOB SOVG`A QILDI

'​MA`NAVIYaT VA MA`RIFAT MARKAZI KAM TA`MINLANGAN OILALARGA KITOB SOVG`A QILDI'ning rasmi

Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazi tashabbusi bilan Respublika bo`ylab barcha tuman, shaharlarda “Oilaga – ma`rifat ulashib” shiori asosida targ`ibot aksiyasi o`tkazilmoqda.

Shunday tadbir 2017 yilning 2 oktyabr kuni O`rta Chirchiq tumanida o`tkazildi. Tadbir tashkilotchilari Nurafshon MFY “Tafakkur” 2-tor ko`cha 16-uyda yashovchi, boquvchisini yo`qotgan Ra`no Maxsuddinova xonadoniga tashrif buyurib, uning to`rt nafar farzandiga “O`zdavkitobsavdota`minoti” MChJ tomonidan ajratilgan badiiy kitoblarni sovg`a qildilar.

Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazi Toshkent viloyati bo`limi, Ohangaron tuman hokimligi, “O`zdavkitobsavdota`minoti” MChJ, “Savdogar bank”, “Qishloq qurilish bank”, “Ipoteka bank”, “Agro bank” hamda “Xalq banki” tuman filaallari homiyligida 100 donadan jamg`arilgan jami 600 ta kitob 3 oktyabr kuni Ohangaron tumanidagi 130 nafar kam ta`minlangan oilalar farzandlariga hamda bolaligidan nogironlarga sovg`a qilindi.

Jumladan, mas`ullar Navbahor MFYda yashovchi 3 nafar farzandi bor Muqaddas Yuldashova hamda Nilufar Akbaralievalar xonadoniga tashrif buyurib, o`zbek milliy qadriyatlari, madaniyati, mumtoz va zamonaviy adabiyotiga oid kitoblar taqdim etishdi.

Bundan tashqari Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazi Toshkent viloyati Ohangaron tuman bo`limi tashabbusi bilan tumandagi “Oybek” kutubxonasiga olti million so`mlik badiiy kitoblar homiylik asosida olib berildi.

Bunday tadbirlar Toshkent viloyatining barcha tuman, shaharlarida tashkil etiladi.

Boshqa yangiliklar