Rossiyaning Vladimir viloyatida 2017 yilning 6 oktyabr kuni avtobus va poezd to`qnashuvi sodir bo`ldi. Jabrlanganlar orasida o`zbekistonliklar ham bor.
O`zbekiston Sog`liqni saqlash vazirligida halokat oqibatida jabrlangan fuqarolarga tibbiy yordam ko`rsatish bo`yicha tezkor guruh tuzildi. Guruh malakali jarroh, neyrojarroh, travmatolog, ortoped, anesteziolog, nevrolog kabi mutaxassislardan tarkib topgan. Ular zarur tibbiy vositalar, dori-darmon zaxiralari bilan etarli darajada ta`minlangan.
Ayni vaqtga guruh Rossiya Federasiyasiga uchib ketishga tayyor holatda.
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazidahalokat oqibatida jabrlanganlarga yuqori malakali tezkor tibbiy yordam ko`rsatish uchun zaxira o`rinlari tayyorlandi. Qo`shimcha dori-darmon va tibbiy vositalar etkazib berildi.
O`zbekistonlik konsul Tohir Oripov Moskvadan Vladimir viloyatiga YTH joyiga uchib ketdi.