AsosiyDunyo

Barak Obamaning amakisini AQShdan deportasiya qilishlariga oz qoldi

Amerika prezidenti Barak Obamaning amakisi – Onyagu Obamani AQShdan deportasiya qilishlariga sal qoldi.

Boston sudi,1972 yilgacha AQShda yashagan muhojirlarga muammolarsiz yashash huquqini olish imkonini beruvchi qonunga tuzatishdan foydalangan holda, unga mamlakatda legal asosda qolishga ruxsat berdi.  

Advokatlar Onyagu bir necha o`n yillar mobaynida AQShda ishlayotganini, uning ish beruvchisi esa u uchun to`lanadigan soliqlarni o`z vaqtida to`layotganini isbotladi.

Qayd etib o`tamiz, Onyagu Obama – Barak Obama otasining o`gay ukasi, shu bois hozircha yaqin
qarindoshlik haqida so`z bormayapti. U Keniyadan 1969 yilda emigrasiya qilgan va o`shandan buyon AQSh hududini tark etmagan. Prezidentning qarindoshi 2011 yilda, mast holatda o`z avtomobilida polisiya mashinasiga borib urilganidan keyin mashhur bo`lib ketdi.

Prezidentning so`zlariga ko`ra, u hech qachon o`z amakisi bilan uchrashmagan, biroq Onyaguning o`zi bu so`zlarni rad etadi. Uning aytishicha, 80-yillar oxirlarida, Barak hali Garvard universitetida o`qiyotgan paytda, uning kvartirasida bir necha hafta yashagan. 

    Boshqa yangiliklar