​PREZIDENT: ERKIN IQTISODIY ZONALARNING FAOLIYaTIDAGI KO`RSATKIChLAR QONIQARLI EMAS

Jamiyat 09.10.2017, 09:52
Teglar: Iqtisodiyot, Prezident
​PREZIDENT: ERKIN IQTISODIY ZONALARNING FAOLIYaTIDAGI KO`RSATKIChLAR QONIQARLI EMAS

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev mamlakatimizdagi erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi tahliliga bag`ishlangan yig`ilish o`tkazdi.

Yig`ilishda O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va uning o`rinbosarlari, Prezidentning davlat maslahatchilari, tegishli vazirlik, idora va xo`jalik yurituvchi sub`ektlar rahbarlari ishtirok etdi, deya xabar beradi O`zA.

Bugungi kunda mamlakatimizda 14 ta erkin iqtisodiy zona faoliyat yuritmoqda. «Navoiy», «Angren», «Jizzax», «Urgut», «G`ijduvon», «Ko`qon» va «Hazorasp» erkin iqtisodiy zonalarida umumiy qiymati 486 million dollarga teng 62 loyiha amalga oshirilgan, 4,6 mingdan ortiq ish o`rni yaratilgan.

Yig`ilishda bu ko`rsatkichlar qoniqarli emasligi, uni yanada oshirish uchun tartib-taomillarni soddalashtirish, investor va tadbirkorlarni jalb etishni kengaytirish zarurligi ta`kidlandi.

Prezidentimiz topshirig`iga asosan erkin iqtisodiy zonalarda investisiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish, xorijdan yuqori texnologik uskunalar xarid qilish uchun O`zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg`armasi mablag`i hisobidan 100 million dollar miqdorida chet el valyutasidagi kredit liniyasi ochilgan.

Farmasevtika sohasiga ixtisoslashgan «Nukus-farm», «Zomin-farm», «Kosonsoy-farm», «Sirdaryo-farm», «Boysun-farm», «Bo`stonliq-farm», «Parkent-farm» singari 7 yangi erkin iqtisodiy zonani rivojlantirish bo`yicha izchil ishlar olib borilmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev Toshkent shahri tumanlari, Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlarga tashriflari chog`ida bo`sh turgan yoki samarasiz ish yuritayotgan ishlab chiqarish binolarini borib ko`rdi. Ulardan samarali foydalanish, yangi korxonalar tashkil etishni rag`batlantirish maqsadida ushbu binolar negizida kichik sanoat zonalari tashkil etildi. Mamlakatimizdagi kichik sanoat zonalari 96 taga etdi.

Bugungi kungacha ushbu hududlarda umumiy qiymati 535 milliard so`mga teng 1021 loyiha amalga oshirilgan. Yangi korxonalar ishga tushishi tufayli 9,6 mingdan ziyod ish o`rni yaratilgan. Loyihalar doirasida nafaqat ichki, balki tashqi bozorda ham xaridorgir bo`lgan engil sanoat, kimyo, oziq-ovqat mahsulotlari, elektr texnikasi buyumlari, zamonaviy qurilish materiallari, mebel va boshqa tayyor mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.

Bundan tashqari, 248 loyihani amalga oshirish natijasida 11 ming yangi ish o`rni yaratish rejalashtirilmoqda.

Yig`ilishda kichik sanoat zonalarining sarmoyalarni jalb qilish, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o`rinlari yaratish va aholi farovonligini oshirishdagi ahamiyati xususida alohida to`xtalib o`tildi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tegishli vazirlik, idora va xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning bu sohadagi faoliyatini tanqid qilib, ularda tashabbuskorlik etishmasligi,erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish bo`yicha ishlarni tashkil qilish darajasi sustligini ta`kidladi.

Xususan, mas`ul vazirlik va idoralar tomonidan loyihalarni ko`rib chiqish va muvofiqlashtirish jarayoni murakkabligicha qolib, odatda rasmiy xarakter kasb etmoqda. Erkin iqtisodiy zona qatnashchilariga er uchastkalari ajratish masalalarini hal etishda hanuz byurokratizm asoratlari saqlanib qolmoqda.

«Urgut», «Ko`qon», «G`ijduvon» va «Hazorasp» erkin iqtisodiy zonalari, shuningdek, farmasevtika yo`nalishidagi erkin iqtisodiy hududlarda yangi korxonalar tashkil etish uchun xorijiy sarmoyalarni jalb qilish ishlari sust bormoqda. Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarini elektr energiyasi, tabiiy gaz, suv va boshqa kommunikasiya tarmoqlari bilan barqaror ta`minlashda muammolar kuzatilmoqda.

Davlatimiz rahbari erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalaridagimavjud kamchiliklarni bartaraf etish, investor va tadbirkorlarga yanada keng imkoniyatlar yaratishga oid kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish bo`yicha topshiriqlar berdi.

Avvalo, ushbu zonalar faoliyatini rivojlantirishga doir me`yoriy-huquqiy bazani qayta ko`rib chiqish, bugungi zamon talablariga moslashtirish, barcha uchun ochiq va tushunarli mexanizm yaratish zarurligi ta`kidlandi.

Er uchastkalari, bo`sh turgan binolarni ajratish tartibini soddalashtirish masalasiga ham alohida e`tibor qaratildi. Xususan, erkin iqtisodiy zonalarda amalga oshiriladigan loyihalar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ma`muriy kengash tomonidan ko`rib chiqiladi. Shu paytgacha bu kengash 17 ta vazirlik va idoradan iborat edi. Prezidentimiz ko`rsatmasiga muvofiq ularning soni 4 ta etib belgilandi.

Shuningdek, iqtisodiy zonalarda joylashtirish uchun investisiya loyihalarini tanlab olish mezoni qayta ko`rib chiqiladi, erkin iqtisodiy zona ishtirokchilarini kreditlash sharoitlarini yaxshilash hamda muhandislik ta`minoti vositalari bilan ta`minlash bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar qabul qilinadi.

Shu jihatdan, yig`ilish davomida erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarida joylashgan korxonalarni barcha zarur muhandislik-kommunikasiya tarmoqlari va infratuzilma bilan o`z vaqtida ta`minlash bo`yicha topshiriqlar berildi.

Sharhlar

O`zbekiston Qurolli kuchlarini qurollantirish bo`yicha davlat komissiyasi tashkil etildi

03.02.2023, 11:00

O`zbekiston Prezidenti “O`zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarini qurollantirish va mudofaa sanoati sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish bo`yicha chora-tadbirlar to`g`risida”gi farmonni imzoladi.Hujjat bilan O`zbekiston Qurolli kuchlarini qurollantirish bo`yicha...
⚡️Shavkat Mirziyoev Andijonga jo`nab ketdi

01.02.2023, 09:59

Prezident Shavkat Mirziyoev hududlar iqtisodiyoti, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida Andijon viloyatiga jo`nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.Ma`lum qilinishicha, tashrif davomida...
Prezident Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan loyihalar taqdimoti bilan tanishadi

08.08.2022, 11:02

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ishtirokida bo`lib o`tgan brifingda Shavkat Mirziyoevning joriy haftadagi ish jadvali haqida ma`lumot berildi. Ma`lum qilishicha, davlat rahbarining joriy haftadagi ish jadvalida O`zbekistonning iqtisodiy-ijtimoiy...
O`zbekiston Prezidenti Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda keng ko`lamli xalqaro hamkorlikka chaqirdi

24.06.2022, 22:11

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan 24 iyun kuni “BRIKS plyus” formatidagi Global taraqqiyot masalalari bo`yicha yuqori darajadagi muloqotda...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1