AsosiyDunyo

London meri to`g`ridan-to`g`ri efirda IQ testidan o`tolmadi

London meri Boris Jonson to`g`ridan-to`g`ri uzatilayotgan radio efirda IQ testidan o`tolmadi. U uchta oddiy savolga javob bera olmadi.

Birinchi savol quyidagicha edi: «Erkak to`rtta devori bor uyni qurdi, devorlarning hammasi
janubga qaragan. Uyga ayiq yaqinlashdi – u qanday rangda?». Uzoq davom etmagan o`ylanishlardan keyin Jonson bu qo`ng`ir ayiq bo`lsa kerak, degan javobni beradi. Ammo u noto`g`ri bo`lib chiqadi, chunki barcha devorlari janubga qaraydigan uyni faqat Shimoliy qutbda qurish mumkin, demak, so`z oq ayiq haqida bormoqda.

Ikkinchi savol: «Agar siz uchta olmadan ikkitasini olsangiz, sizda nechta olma bo`ladi?». Bu safar mer hazillashmoqchi bo`lib, juda ko`p olma degan javobni beradi. Ammo bunisi ham noto`g`ri bo`lib chiqadi, chunki to`g`ri javob – ikkita olma.

Uchinchi savol: «Siz kechqurun soat 8 da uxlashga yotdingiz, soat qo`ng`irog`ini ertalab 9 ga to`g`irladingiz. Bu holda necha soat uxlaysiz?». Boris Jonson bu savolga javob berishdan bosh tortadi va IQ testni aqliy rivojlanishning yagona ko`rsatkichi deb bilmasligini aytadi.
Eslatib o`tamiz, noyabr oyi oxirida London meri faqat IQ darajasi past bo`lgan kishilargina muvaffaqiyatga erisha olmaydi degan edi. Shahar hokimining so`zlari britaniyaliklarning jahlini chiqargan bo`lsa, radioefir boshlovchilari Jonsonning o`zini tekshirib ko`rishga qaror qiladi. 

    Boshqa yangiliklar