Ijtimoiy tarmoqlarda chop etilgan rejalarga ko`ra, Toshkentda «Qo`yliq», «Tuzel», «Baxt Ko`li» nomli metro stansiyalari qurilishi rejalashtirilgan, deb xabar berdi «Kommersant.uz».
Ushbu stansiyalar qurilishi haqida avval xabar berilmagan edi. Misol uchun, yo`nalishlardan istiqbollisi «O`zbekiston» yo`lidan poytaxtning «Qo`yliq» bozorigacha bo`ladigan yo`nalish. Bu erda 5 ta yangi stansiya paydo bo`ladi, shulardan uchtasi nomlanib bo`lingan — «Qo`yliq», «Tuzel» va «Baxt Ko`li». Qurilish loyihalari endi tayyorlanmoqda, deb xabar berdi Toshkent metropolitenining qurilish departamenti.
Yana bir qiziqarli xabarlardan biri «Buyuk Ipak Yo`li»dan «Qorasuv» tumani yo`lida yana uchta stansiya qurilishidir.
To`qqizta stansiyadan iborat yangi liniya «Ippodrom» bozori, «Algoritm—30-31», «O`rikzor» bozoridan o`tib, «Qoraqamish» mavzesida yakunlanadi va «O`zbekiston» yo`liga ulanib ketadi.
Eslatib o`tamiz, bugunga kelib poytaxt metropoliteni 29 ta stansiyadan tashkil topgan 3 ta liniyadan iborat. Ularning umumiy uzunligi 39 kilometrni tashkil etadi.