1

Shifo maslahat: “BU KASALLIK YuQUMLIMI?”

Salomatlik 09.10.2017, 17:24
Shifo maslahat: “BU KASALLIK YuQUMLIMI?”

— Qish boshlanishi bilan qizimga tez-tez uchuq toshadi. Kerakli muolajalarni bajaramiz. Boshqa farzandlarimga ham yuqmasaydi, deb qo`rqaman. Aslida ham toshma yuqumlimi?

Sanobar, Toshkent shahri

Shuhrat AKBAROV, oliy toifali dermato-venerolog:

— Labdagi gerpes toshmasiga qo`l bilan tegib, so`ng boshqalar bilan so`rashganda (agar o`sha odamning qo`l terisida biror ochiq jarohat bo`lsa), shaxsiy gigiena vositalaridan umumiy foydalanish, kamdan-kam holatda esa havo tomchisi yo`li bilan yuqishi mumkin. Shu bilan birga, sovqotish sabab shamollash yuzaga kelganida, to`yib uxlamaslik, surunkali charchoq, sterss holatlari tufayli organizmning immun tizimi sustlashsa ham, gerpes toshmasi paydo bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1