1

​NOMOZShOMGULIM

Mutolaa 10.10.2017, 13:44
​NOMOZShOMGULIM

Tahririyatga kelgan xatlarni saralay turib, to`qqiz yoshli Bahrom degan bola nomidan kelgan maktub e`tiborimni tortdi. Bizga yosh bolalar xat yozmagani uchun qiziqib o`qiy boshladim: «...Onajon, bilaman, agar ilojingiz bo`lganda, albatta, kelib meni olib ketardingiz. Tarbiyachimiz Farida opam aytdi, siz ham menga o`xshab yura olmas ekansiz. Onajon, kela olmasangiz, hech bo`lmasa, xat yozib turing, iltimos. Sizdan bittagina xat olsam, dunyoda mendan baxtli odam bo`lmasdi...» Hayron bo`lib, konvertdagi manzilni qayta o`qidim. Pochtachilar adashmagandi, konvert ustiga tahririyatimiz manzili yozilgandi. Shundan keyin maktub yo`llangan manzilga qaradim: «Toshkent shahri, -... raqamli imkoniyati cheklangan bolalar maktab-internati».

Kun bo`yi xayolimdan shu maktub ketmadi. Nazarimda ko`zlariga mung cho`kkan bolakay maktub javobini intiqib kutib o`tirgandek bo`laverdi. Ko`nglimdagi bu g`ashlikni tarqatmasam ishlay olmasligimni bilib, ma`lumotlar markazidan o`sha maktabning telefon raqamlarini olib qo`ng`iroq qildim.

  • Sizlarda Bahrom Muhiddinov degan bola bormi? — so`radim salomalashgach.
  • Kechirasiz, o`zingizni tanishtirmasangiz, o`quvchilarimiz haqida ma`lumot bera olmayman, — javob berdi ovozi mayin qiz.
  • Opa, uzr, kotiba adashib sizlarga jo`natib yuboribdi, — dedi keyin.
  • Tushunmadim?
  • Sizga qanday tushuntirsam ekan, tahririyatingizdan bizning maktab haqida maqola yozishga ruxsat so`rab xat kelgandi. Kotiba adashib o`quvchimizning xatini sizlarga, tahririyatga jo`natilish kerak bo`lgan maktubni boshqa konvertga solib yuboribdi...
  • Demak, bizga kelishi kerak bo`lgan javob xati Bahromning onasiga ketgan shundaymi? — bir narsaning oxiriga etmaguncha qo`ymaydigan fe`lim qo`zib so`roqni davom ettirdim.
  • Yo`q. Bolaning onasi yo`q. Bo`lsa ham biz bilmaymiz. Shunchaki uning ko`ngli uchun tarbiyachisi yozgan xatlarini konvertga solib, onangga yubordim, deb qo`ya qoladi.
  • Ilgari sal-pal qo`li qimirlardi. O`tirardi. Oxirgi paytlarda umuman harakatdan qolgan. Joni uzilmay turganiga ham shu onasidan umidvorligi bo`lsa kerak deb o`ylayman... Onasini kutavergach, umidi o`lmasin deb onang ham senga o`xshab xasta, yura olmaydi, deb qo`ya qolgandim. Bilmadim, balki noto`g`ri ish qilgandirman... Oxirgi xatlarini menga aytib turib yozdirgan. Yozib, konvertga solib unga ko`rsatsam, xursand bo`lib ketardi. Javob kelmasa-da, kutadi... Ilgari o`rtoqlari bilan faqat futbolu allaqanday Ronaldou haqida gaplashardi. Іozir hech narsaga qiziqishi qolmagan, faqat shiftga qarab yotadi. Do`xtirlar ko`pi bilan bir haftalar yashasa kerak, deyishayapti...
  • Opa, Bahromning onasidan xat keldi!
  • Bilaman. Tezroq Bahromga o`qib bering.
  • Bahromjon, yig`lama, aytgandim-ku, onangdan bir kunmas bir kun, albatta, maktub keladi, deb. Mana, keldi. Istasang, onangga maktub yozib beraman.
  • Bolam... Bolam meni kechir... — men uni aldayotganim uchun rostdan kechirim so`rardim.
  • Onajon, ovozingiz shunaqaligini bilardim.. Tuzalib qoldingizmi?
  • Іa. — o`zimni qo`lga olmasam, yolg`onnni fosh qilib qo`yishim mumkin edi. Lekin menga ishongan zaif yurakni parchalashni istamasdim. — Bolajonim, agar oyoqlarim ishlaganida yoningga yugurib borardim...
  • Bilaman, oyijon. Farida opam aytgan, siz ham xuddi menga o`xshab kasal ekansiz... Ammo men, baribir, sizni yaxshi ko`raman onajon...
  • Yo`g`-ey?!
  • Rost. Zo`r o`yin bo`ldi.
  • Demak, Messidan o`tib ketibdi-da... Bu yil ham oltin to`p Ronalduga nasib etarkan-da...
  • Albatta. Undan boshqa kim ham olardi. U eng zo`r o`yinchi-ku. Ertaga hamshiralardan iltimos qilaman, bozordan senga Ronalduning formasini sotib olishadi. Keyin uni senga bervoraman...
  • Vuy!.. Zo`r-ku! Rahmat, onajon! O`rtoqlarimning hech birida Ronalduning formasi yo`q. Rosa havaslari keladi endi...
  • Farida opa, kaptokdan oyijonimning hidi kelayapti, — deydi. — Afsus, oyim kela olmaydi, tuzalib ketsam, albatta oyimni ko`rgani boraman, xuddi Ronaldudek futbol o`ynayman, — kecha kechqurun shunday deya koptokni bag`riga bosgancha uxladi. Ertalab uyg`otgani borsam... koptokni qo`lidan zo`rg`a chiqarib oldik...
  • Opajon, yig`lamang, Bahromjon juda baxtiyor edi, sizdan — oyisidan rozi ketdi...

Men vaziyatni tushuntirdim:

— Tahririyatdan qo`ng`iroq qilayapman, to`qqiz yoshli o`quvchingizdan bizga maktub kelgan. Lekin taxminimcha xatni adashib jo`natgan shekilli, chunki maktub onasiga yozilgan...

Go`shakdagi qiz bir muddat yonidagilar bilan alalanarsalarni gaplashib oldi.

Titrab ketdim. Keyin o`sha xatni adashtirib yuborgan tarbiyachining telefon raqamlarini so`radim. Kotiba qiz xodimlarining raqamlarini bera olmasligini aytgach, o`zimning raqamlarimni qoldirdim va menga qo`ng`iroq qilsin, deb iltimos qildim.

Go`shakni qo`ygach, ko`nglimdagi g`ashlik yanada kuchaydi. Sho`rlik bola, onamga deb maktublar yozib, qachon javobi kelarkan deya kutib o`tirgandir. O`zim tanimaydigan Bahrom butkul xayolimni egalladi. Uning onasini topishda yordam bergim keldi.

Tushdan keyin begona raqamlardan qo`ng`iroq bo`ldi. O`zini Farida deb tanishtirgan qiz Bahromni tarbiyachisi ekanini aytdi. Undan bola haqida so`raganimda, «Telefonda aytiladigan gap emas, ertaga keling, direktorimiz maqola tayyorlashga ham ruxsat bergan, bir yo`la Bahromni ham ko`rib ketasiz», dedi.

Ertasi kuni bordim. Bahromni yoniga meni kiritishmadi. Tuni bilan harorati oshgani, immuniteti pastligi sabab begonalar yoniga kirishi mumkin emas deyishdi. Derazadan ko`rdim. Katta-katta quralay ko`zlarini shiftga tikib yotgan bolakay nari borsa besh-olti yoshga o`xshardi. Ustiga yopib qo`yilgan adyolchasi ostida xuddi hech kim yo`qdek edi. Tomog`imga yig`i tiqildi.

Maktabdan qaytguncha yig`lab keldim. Uyga qaytgach, o`ylay-o`ylay bir qarorga keldim.

Oradan uch kun o`tib, Farida menga yana qo`ng`iroq qildi.

Farida nima gapligini tushundi.

«Bahromjon, ko`zimning oqu-qorasi, senga shu paytgacha xat yoza olmaganim uchun meni kechir, o`g`lim! Shu yillar davomida faqat sendan kelgan maktub sabab hayotman... Seni ko`rgani bora olmaganim uchun meni kechir, bolam, men ham xuddi sen kabi xastaman. Lekin yuragim faqat sen bilan! Asosiysi shu emasmi? Bir-birimizni ko`ra olmasak-da, borligimizni bilamiz. Endi senga tez-tez xat yozib turaman bolajonim. Seni jonidan ortiq ko`ruvchi onang...»

Farida xatni ovozi titrab o`qib berarkan, Bahromning zaif tanasiga jon qaytgandek bo`ldi. Uning quralay ko`zlari yoshlandi, keyin lablari titray boshladi.

«Onajon, bir kun sizdan xat kelishini bilardim, yuragim sezgandi. Tushlarimdan bilganman meni juda yaxshi ko`rishingizni. Meni ko`rgani kela olmasangiz ham mayli, onajon. Sog`-omon bo`lsangiz bo`ldi. Sizni juda sog`indim. Iltimos, endi tez-tez xat yozib turing. Farida opam o`qib beradi. Hozircha o`zim sizga yoza olmayman, biroz tobim yo`q. Lekin siz xavotir olmang, tezda yana o`zim yozadigan bo`laman...»

Bahromdan kelgan xatni yig`lab-yig`lab o`qidim. Farida bilan qo`ng`iroqlashib, uning ahvoli, nimalarga qiziqishini so`rab oldim.

«Bahromjon, tarbiyaching futbol tomosha qilishni yaxshi ko`rishingni aytdi, men ham yaxshi ko`raman. Men yotgan shifoxonada bizga futbol ko`rishga ruxsat berishadi. Istasang, senga barcha yangilkilarni etkazib turaman. Tarbiyaching aytishicha, tezroq tuzalsang, sen bilan qo`ng`iroqqilishimga ruxsat berisharkan...»

Bahrom xuddi nomozshomgul tongda bosh ko`tarib, chiroy ochgani kabi kundan-kunga hayotga qayta boshladi.

Do`xtirlar aytgan bir hafta ham o`tdi. Bir oy davomida u bilan yozishib turdik. Bahrom bilan mening o`rtamda vositachi bo`lgan Farida bir kuni kechqurun qo`ng`iroq qilib, Bahrom bilan gaplashishingiz mumkin dedi. Qilayotgan ishim to`g`ri-noto`g`riligini bilolmay qo`rquv bosib, Bahromning ovozini kuta boshladim.

— Endi oying bilan gaplashishing mumkin Bahromjon.

Go`shakning narigi tomonida Bahromning titragan ovozi eshitildi: — O-oyi...

Yuragim larzaga keldi.

Bolani noxush xayollardan chalg`itish uchun mavzuni burgim keldi.

— Endi, tez-tez gaplashib turamiz, bolam. Kecha futbol berdi. Ronaldu 5 ta gol urdi!

Bahrom bilan anchagacha gaplashib o`tirdim. U juda quvnoq, hayotsevar bolakay edi. Kechqurun Farida qo`ng`iroq qildi: — Ahvoli ancha yaxshi, qo`lini ham biroz qimirlatayapti. Siz va`da qilgan sport formasini kiyib, oynaga qarashni orzu qilib, ichiga sig`mayapti.

— Ertagayoq olib borib beraman.

Ertasiga ishim ko`payib ketdi, lekin va`damni unutmadim va ishxonadagi xodimlardan biriga pul berib bozorga yugurtirdim. Sovg`ani o`zim olib borib Bahromning ko`zidagi quvonchni derazadan bo`lsa-da, ko`rib kelmoqchi edim. Lekin yumushlardan ortmadim. Sovg`ani shogirdlarimdan biridan berib yubordim.

Endi Bahromdan quvonch to`la xat kuta boshladim. O`zim bilmagan holda uning xayoli bilan yashardim. Bahrom uchun «Real» o`yinlarini tomosha qilaman, o`zim Messining fanati bo`lsam-da, Bahromga Ronalduni maqtayman.

Bahromni taniganimga olti hafta bo`lgan kuni Farida qo`ng`iroq qildi:

— Opa, Bahromjon... — dedi u yig`lamsirab.

Sovuq xabarni ko`nglim sezib, yuragim uvishdi.

— U sovg`angizdan rosa xursand bo`ldi, hatto tushlikni ham boshqa bolalar bilan birga qila boshladi. Formani kiyib, hammaning havasini keltirib, oyijonim sovg`a qildi, deb boshi osmonga etdi. Bir haftadan buyon egnidan formani echmaydi, hatto koptokni ham quchoqlab yotadi.

Ko`zimdan quyilib kelayotgan yoshlarni to`xtata olmadim.

— Oh, o`zimning nomozshomgulim...

Yuragim siqildi, «Hali yashasa, orzularini amalga oshirsa bo`lardi-ku, u o`lishni emas yashashni istgandi-ku» degan xayollar ko`nglimni g`ash qildi... Unga etarlicha yordam bera olmadimmikan degan o`y ko`nglimni kemira boshladi

Dilfuza SOBIROVA


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1