AsosiyJamiyat

​ShHT VA AFG`ONISTON O`RTASIDA HAMKORLIKNI YO`LGA QO`YILISh MASALALARI KO`RIB ChIQILDI

2017 yilning 11 oktyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi delegasiyasi Moskvada bo`lib o`tgan “ShHT – Afg`oniston” muloqot guruhining majlisida ishtirok etdi, deya xabar berdi vazirlikning rasmiy sayti.

Shanxay hamkorlik tashkilotiga a`zo davlatlar – Hindiston, Pokiston, Qirg`iziston, Qozog`iston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy va O`zbekiston – vakillari Afg`oniston Islom Respublikasi delegasiyasi bilan birgalikda Afg`oniston va uning atrofidagi vaziyat va uni tartibga solish yo`llari to`g`risida fikr almashdi.

ShHT va Afg`oniston o`rtasida hamkorlikni yo`lga qo`yish bo`yicha ustuvor vazifalarga alohida e`tibor qaratildi deyiladi xabarda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar