Uzmobile milliy mobil aloqa operatori O`zbekiston Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda «Yoshlar» tarif rejasini taqdim etdi.
«Yoshlar» tarif rejasi maxsus ijtimoiy loyiha bo`lib, uning asosiy maqsadi O`zbekistondagi barcha yoshlarni Vatanga muhabbat va vatanparvarlik ruhida birlashtirishdan iborat.
Mazkur tarif rejasining joriy etilishi O`zbekiston bo`yicha millionlab yoshlarga bir tarmoqda birlashish, haqiqatdan ham yoshlar uchun sifatli va xamyonbop narxdagi aloqa imkonini beradi. Tarif reja ichida muloqot bepul.
Unga ulanishning yagona sharti O`zbekiston Yoshlar ittifoqiga a`zolik bo`lib hisoblanadi.
«Yoshlar» tarif rejasi abonenti har oy o`z hisobini besh ming so`mga to`ldirib borib, tarmoq ichida bepul muloqot qilish imkoniga ega bo`ladi, tarmoq ichida va O`zbekiston bo`ylab chiquvchi aloqaning 1 daqiqasi – 25 so`m, 1 megabayt internet – 25 so`m, 1 xalqaro SMS– 500 so`m. Barcha kiruvchi qo`ng`iroqlar bepul.