Futzal bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatiga saralash bosqichi “A” guruhi so`nggi, 3-turida Qirg`iziston futbolchilariga qarshi bahs olib bordi.
Eronning Tabriz shahridagi Pour Sharifi sport majmuasida bo`lib o`tgan bellashuvda o`zbekistonlik futzalchilar 4:3 hisobida zafar quchib, ketma-ket uchinchi g`alabani rasmiylaytirdi va “A” guruhini etakchi sifatida yakunladi.
Shu tariqa, O`zbekiston termasi guruh bosqichidagi barcha o`yinlarda muvaffaqiyatga erishdi. Avvalroq Bahodir Ahmedov shogirdlari Nepal (14:1) va Turkmaniston (4:2) termalari ustidan zafar quchgan edi.
Futzal bo`yicha OCh saralashi
“A” guruhi, 3-tur
17 oktyabr, seshanba
O`zbekiston – Qirg`iziston 4:3
Gollar: Davronjon Abdurahmonov (4), Konstantin Sviridov (5), Mashrab Odilov (11), Dilmurod Shavkatov (15) – Emil Kanetov (8, 35), Kelkel Anarbekov (15),
Ogohlantirishlar: yo`q – Kelkel Anarbekov (7), Maqsad Alimov (7), Azimjon Yunusov (30)
O`zbekiston (birinchi beshlik): Rustam Umarov, Dilshod Rahmatov, Farhod Abdumavlonov, Artur Yunusov, Konstantin Sviridov.
Zaxira: Akmal Harzatqulov, Anasxon Rahmatov, Mashrab Odilov, Ixtiyor Ropiev, Dilmurod Shavkatov, Ilhom Hamroev, Davronjon Abdurahmonov, Davron Choriev, Husniddin Nishonov.
Eslatib o`tamiz, O`zbekiston va Qirg`iziston terma jamoalari 2-turdan keyin Osiyo chempionati yo`llanmasini hal qilib ulgurgandi.
Ma`lumot uchun, Futzal bo`yicha Osiyo chempionati 2018 yilning 6–18 fevral kunlari Xitoy Taypeyi mamlakatida bo`lib o`tadi. Qit`a birinchiligida jami 16 jamoa chempionlik uchun kurashadi.