Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tomonidan is gazi bilan bog`liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida bozorlarda, qozonxonalar, g`isht zavodlari va novvoyxonalarda hamda boshqa korxona va tashkilotlarda reydlar o`tkazildi.
Tekshiruvlar natijalariga ko`ra, 2115 ta nostandart va «qo`lbola» isitish moslamalari sotuvdan chiqarilgan, 1378 ta ob`ekt faoliyati batamom to`xtatilgan, shuningdek joylarda 16 mingdan ortiq davra suhbatlari o`tkazildi, deya ma`lum qildi FVV matbuot xizmati.