1

Madad-shifo: TIL YuZASINING OQARIB QOLIShI...

Salomatlik 19.10.2017, 17:23
  Madad-shifo: TIL YuZASINING OQARIB QOLIShI...

Til rangining o`zgarishi yoxud yuzasida turlixil dog`larning paydo bo`lishi biror kasallik belgisi hisoblanadi.

Masalan, til yuzasidagi oq dog`lar «parhezshunos» ayollar va tez-tez shamollashga moyil bo`lganlarda uchraydi.

Agar til yuzasining oqarishidan tashqari til chetlarida qizil chaqalar ham kuzatilsa, me`da faoliyatining buzilishi, aniqrog`i, gastritga ishora beradi. Bu holatda gastroenterolog ko`rigidan o`ting.

Til yuzasidagi sarg`ish dog`lar-chi, ular qaerdan paydo bo`ladi dersiz? Javobi ichaklar faoliyatidagi o`zgarishlar bilan izohlanadi. Bir vaqtning o`zida lab terisining quruqlashishi va salgina shishib qolishi organizmingizga temir moddasi etishmayotganini bildirishi mumkin. Bu vaziyatda qahva va qora choy miqdorini kamaytiring-da, petrushka, baliq, oq qo`ziqorin, yashil olma va ko`katlar qo`shilgan taom va eguliklarni ko`paytiring.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1