1

Madad-shifo: “NAFAS QISILIShI XAVFLIMI?”

Salomatlik 21.10.2017, 13:17
Madad-shifo: “NAFAS QISILIShI XAVFLIMI?”

— Tunda diqqanafaslikdan uyg`onib ketaman. O`rnimdan turib, nafas olaman-da, keyin salgina tinchlanaman. Qizig`i, kunduzi hech qanday bezovtalik bo`lmaydi. Nega shunday bo`layapti, hayronman...

Anvar Tojiddinov, Toshkent viloyati

Nodira HAMROEVA, oliy toifali shifokor-terapevt:

— Nafas olishning qiyinlashuvi organizmda kislorod etishmasligi, o`pka, yurak faoliyati hamda asab qo`zg`alishi bilan bog`liq bo`lishi mumkin. Diqqat qiling, agar nafas qisilishi yurak urishining tezlashishi bilan kechsa, demak yuragingizni tekshiruvdan o`tkazish lozim. Bordi-yu, quruq yo`tal va ko`krak qafasida og`riq kuzatilsa, o`pkangizni rentgen tahlilidan o`tkazish talab etiladi. Agar muammo asabdan bo`lsa, xuddi yurakda tugun turgandek sezgi paydo bo`ladi. O`zingizdagi o`zgarishlarni kuzating-da, vaqtni o`tkazmay shifokor ko`rigidan o`ting.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1