1

Madad-shifo: “KURAKKA HUSNBUZAR TOShSA...”

Salomatlik 21.10.2017, 13:32
Madad-shifo: “KURAKKA HUSNBUZAR TOShSA...”

— O`g`limning kuragiga suvli husnbuzar toshayapti. Avvaliga o`smir yoshdagi o`zgarishlar bo`lsa kerak-da, degandim. Endi bo`lsa biror teri xastaligi emasmi, deb o`ylanib qoldim. Aslida kurakdagi husnbuzarning sababi nima?

Muhayyo Sattorova, Andijon shahri

Rustam ZOKIROV, dermatovenerolog:

— Kurakdagi husnbuzarning kelib chiqishi bir qancha omillarga bog`liq. Xususan, kosmetika va gigiena vositalariga nisbatan teridagi allergik ta`sir, organizmdagi yallig`lanish jarayonlari, me`da-ichak kasalliklari, shu jumladan, disbakterioz, moddalar almashinuvining buzilishi, tomirlar tonusining pasayishi, gormonal holat o`zgarishlari singari.

Shuningdek, qabziyatga moyilligi borlarda ham kurakda husnbuzar toshishi kuzatiladi. Toshmani davolashda yuza qismidan namuna olinib, labaratoriya tahlilida tekshiriladi. Oshqozon-ichak, jigar va o`t pufagi hamda gormonal holat mutanosibligi ham o`rganiladi. Shundan kelib chiqib, 20 kundan 3 oygacha davom etadigan muolaja tayinlanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1